Sport – mening hayotim

Poytaxtimizdagi 28-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi 2013 yil aprel oyida tashkil etildi. Aslida 17– sonli bolalar va o‘smirlar jismoniy tarbiya klubi nomi bilan faoliyat yuritgan bu sport majmuasi 2012 yilda kapital ta’mirlandi va sport maktabiga aylantirildi.

Bugungi kunda sport maktabimizda mini futbol, badiiy gimnastika, akrobatika, dzyudo, taekvondo VTF, yengil atletika, velosport, yunon-rum kurashi, u-shu singari sport turlari bilan 369 nafar bola va o‘smirlar muntazam shug‘ullanadilar.

Sport maktabida 1 nafar oliy toifadagi murabbiy, 3 nafar xalqaro toifadagi sport ustasi, 4 nafar birinchi toifali hamda 6 nafar malakali murabbiylar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Sport maktabimiz tashkil etilganidan beri unchalik ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsada, bugungi kunda muassasa tarbiyalanuvchilari ko‘plab nufuzli musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda. Jumladan, sportning Taekvondo VTF turi bo‘yicha 2013 yil 22-24 noyabr kunlari o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida Igor Soy, Vova Abdurazakov hamda Aleksandr Siganovlar birinchi o‘rinni egallab, O‘zbekiston chempioni degan nomga sazovor bo‘lishdi.

2014 yil yanvar oyida esa yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston qishki ochiq birinchiligida Ruslan Malinin balandlikka sakrash mashqlarida muvaffaqqiyatli ishtirok etib sport ustaligiga nomzod bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda, kollejlari Olimpiya zahiralari hamda bolalar va o‘smirlar sport maktablari o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan 39-O‘zbekiston chempionatida ham sport maktabimiz o‘quvchisi Temur Rahmatullaev qatnashib, faxrli 2 o‘rinni egalladi.

Bugungi kunda sport maktabimizda shug‘ullanuvchi yoshlardan 4 nafari sport ustaligiga nomzod, 2 nafari 1-toifali sportchi, 29 nafari 2-toifali sportchi nomiga sazovor bo‘lishgan.

Sport maktabida iqtidorli, sportga layoqatli, intiluvchan bolalar ko‘p. Kelajakda ularni dunyo sport maydonlarida yurtimiz bayrog‘ini sharaf bilan yuqori ko‘taradigan istiqbolli yoshlar safida ko‘rishni istaymiz va shu yo‘lda harakat qilamiz.

G‘ayrat ORTIQOV,

o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Яна ўқинг:  Бу ёруғ оламда Ватан биттадир

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: