Singan ko‘ngil

Inson – eng oliy mavjudot. Uning ehtiyojlari sira tugamaydi. Hali u, hali bu narsa kerak bo‘ladi.

Tunov kuni shaxsiy yumush bilan bozorga bordim. Ming shukurki, bozorlarimiz but, istagan narsangizni albatta topasiz.

Avvaliga savdo rastalarini, so‘ng do‘konlarni aylandim. Odatim bo‘yicha zargarlik do‘koniga kirdim. U yerdagi zamonaviy taqinchoqlarni ko‘rib, ko‘zim quvnadi. Atrofni ko‘zdan kechirib turgandim, shu payt do‘konga yoshi katta ayol kirib keldi. U biroz yupun kiyingan, ikki yuzidagi ajinlari hayotda ancha qiyinchilik ko‘rganidan darak berardi. Xola taqinchoqlarni biroz tomosha qilgach, sotuvchi yigitdan “O‘g‘lim mana bu zirak qancha turadi?” – deya so‘radi. Sotuvchi biroz qo‘rslik bilan molning narxini aytdi. Birozdan keyin keksa ayol yana bir taqinchoqning narxini so‘radi. Shunda yigit “Xola baribir olmaysiz-ku, nega ovvora qilasiz? – dedi qo‘pollik bilan. Bu holatni kuzatib turganimni payqagan ayol mendan biroz xijolat tortdi. So‘ng sotuvchiga “Qizimning sepiga olmoqchi bo‘lib, anchadan beri maoshimni yig‘ib yurgandim. Nasib bo‘lsa, keyingi oylarga olmoqchi edim” dedi-yu asta do‘kondan chiqdi. O‘sha onda sotuvchiga nisbatan menda kuchli nafrat uyg‘ondi. Axir yigitning ham onasi, opasi, singlisi bordir. Bo‘lmasa, onasi tenggi ayolga shunday qo‘pollik qiladimi? Yoki oilasida ayollarga qanday muomalada bo‘lishni o‘rganmaganmi?!

Ayol – ona, u – opa-singil, u – rafiqa. “Jannat onalar oyog‘i ostida” deb bejizga aytishmagan axir. Onalarimiz bor, qaddimiz tik. Shunday ekan g‘ururimiz, orimiz bo‘lgan ayollarni asraylik, ularni aslo ranjitmaylik!

 

Ma’mura XO‘JAQULOVA,

O‘zMU talabasi

Yana o‘qing:  Qatralar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: