Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatida 400 ga yaqin shaxmatchi g‘oliblik uchun bahslashmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, mamlakatimiz shaxmat federatsiyasi va Osiyo shaxmat federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan 8-18 yoshgacha o‘g‘il-qizlar o‘rtasida nufuzli musobaqada qit’amizning 20 yaqin davlatidan 400 ga yaqin shaxmatchi g‘oliblik uchun bahslashmoqda.

Kishidan yuksak intellektual salohiyat talab qiladigan mazkur sport turi bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatlari, kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatlari, xalqaro turnirlarda g‘olib va sovrindor bo‘layotgan iqtidorli shaxmatchilarimiz safi kengayib bormoqda. Ayniqsa, Nafisa Mo‘minova, Hulkar va Gulruhbegim Tohirjonovalar, Nodirbek Abdusattorov va Bahora Abdusattorova, Islombek va Javohir Sindorovlar, Nodirbek Yoqubboyev va Nilufar Yoqubboyeva singari bir oiladan bir nechta iqtidorli shaxmatchilarning yetishib chiqayotgani quvonarlidir.

So‘nggi yillarda mamlakatimiz ko‘plab yirik shaxmat musobaqalarini yuksak saviyada o‘tkazish bo‘yicha katta tajriba to‘pladi. Jahon chempionlari Rustam Qosimjonov va Vishvanatan Anand (Hindiston) o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi, Gran-pri musobaqalari, kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 680 yilligiga bag‘ishlangan jahon shaxmat yulduzlari o‘rtasidagi xalqaro turnir, birinchi o‘zbek grossmeysteri Georgiy A’zamov xotirasiga bag‘ishlangan “Toshkent open” an’anaviy xalqaro turniri kabi musobaqalar shular jumlasidandir.

Osiyo chempionatida Vatanimiz sharafini Alixon Avazxonov, Xumoyun Begmurodov, Islombek Sindorov, Davlat Mahmudjonov, Oqjo‘l Rahmatullayev, Javohir Sindorov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yaqubboyev, Abdimalik Abdisalimov, Saidakbar Saydaliyev, Ortiq Nig‘matov, Afro‘za Hamdamova, Odina Olimova, Zilola Aktamova, Umida Omonova, Maftuna Bobomurodova, Yuliya Xegay, Dilbar Hamroyeva, Asal Salimova, Gulruhbegim Tohirjonova, Bahora Abdusattorova, Nilufar Yoqubboyeva kabi iqtidorli shaxmatchilarimiz himoya qilmoqda.

 

N.NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  G‘olib farzandlaring sharafla, Xalqim!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: