O‘zbekiston – jonajon diyor

O‘zbekiston

O‘zbekiston – jonajon diyor,

Isming aytsam yurakda titroq.

Dov-daraxtlar kuylar baxtiyor,

Dildan g‘ubor ketgaydir yiroq.

O‘zbekiston – jonajon diyor,

Manglayiga quyosh lab bosar.

Quyoshchehra bolalarki bor,

Kelajakka nomini yozar.

O‘zbekiston – jonajon diyor,

Har kuni bunda to`y, shodiyona.

Yurtda yashar hamma baxtiyor,

Vatan – onam kabi yagona.

Do‘stlik nishonasi

Tole erur do‘stlik ham,

Bilsang agar Maftuna,

Chekingaydir g‘am, alam,

Yo‘lamas yaqin gina.

Do‘st, dugona bormi, bas,

Devor ko‘rmas peshona.

Intilmoq, qilmoq havas,

Do‘stlikdan ilk nishona.

Roziyaxon Shukurxo‘jayeva,

Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi 240-umumta’lim maktabi o‘quvchisi

Yana o‘qing:  Imkoniyati cheklangandir, ammo imkoniyat cheklanmagan

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: