Oromgohga bormagan bola ta’tilni qanday o‘tkazadi?

Yoz fasli o‘zining issiq tafti va tarovati bilan boshqa fasllardan ajralib turadi. Bu paytda tog‘ yon-bag‘irlarida joylashgan so‘lim oromgohlarda maza qilib hordiq chiqarishga, tabiat manzaralarini tomosha qilib, toza havodan to‘yib nafas olishga nima yetsin.

Biroq, barcha ota-onalar ham o‘z farzandlarini bunday maskanlarga yuborishga imkoni yetmaydi. Shu sabab ta’til vaqtida bolalarni zerikib qolmasliklari uchun ota-onalar uy sharoitida ham ularga maroqli hordiq onlarini in’om etishlari mumkin. Bundan tashqari hozirda mahalla va ta’lim muassasalarida ham ta’til mavsumini ko‘ngildagidek o‘tkazish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, umumta’lim maktablarida turli fan to‘garaklari va sport mashg‘ulotlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Agar farzandingiz sportga qiziqsa, ular uchun sharoit yaratib bering. Bu bilan ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirgan bo‘lasiz. Bundan tashqari farzandlaringizni suzish havzalariga olib boring. Agarda bunga imkoniyatingiz bo‘lmasa, uyda bolalarning cho‘milishi uchun sharoit yaratib bering. Chunki cho‘milish bolani jismonan sog‘lom bo‘lishiga yordam beradi.

 

Darslikni takrorlash

Farzandingiz ta’til vaqtida o‘qishni esdan chiqarmasligi uchun unga turli mavzulardagi kitoblarni olib bering. Yoki dilbandingizga ularni o‘zingiz o‘qib bering. Mutoladan zerikmasligi uchun darslarni o‘yin tarzida olib boring. Ertak o‘qiyotganingizda obrazga kirib, kitobdagi qahramonlarga nisbatan ularda qiziqish uyg‘oting.

 

Bolani yozishga o‘rgatish

Ko‘pchilik bolalar mustaqil yozishga qiziqmaydi. Ularni bu mashg‘ulotga qiziqtirish uchun rangli ruchkalardan foydalaning. So‘zlarni yozayotganida uning nechta bo‘g‘indan iborat ekanini so‘rab turing. Bu bilan farzandingizni mustaqil o‘qishga va yozishga o‘rgatgan bo‘lasiz. Har bir to‘g‘ri yozgan so‘zi uchun ularni rag‘batlantirib turing. Mashg‘ulotlar vaqti 10-15 daqiqadan oshmasligi kerak.

 

Kechki sayrning foydasi

Kechki payt bolangiz bilan sayrga chiqishga odatlaning. Bu o‘zingiz uchun ham juda foydali. Farzandingiz uchun tinch, qulay bo‘lgan joylarni tanlang. Sayr davomida qanday o‘simlik va hayvonlarni ko‘rganini va ularning ranglari haqida so‘rang. O‘lkamiz tabiati haqida gapirib bering. Sayr davomida tez aytish mashqlaridan ham foydalanib turing, bu boladagi faollikni yanada oshiradi. Bolada qandaydir qiziqarli savol tug‘ilsa, albatta, javob bering. Tabiat va mavjudotlarga bo‘lgan mehrni unga bolaligidan uyg‘oting.

Ota-onalar shuni yodda tutishlari kerakki, yozgi ta’til davomida bolalarni mashg‘ulotlarga majburlamang. O‘zi mustaqil o‘ynashiga imkoniyat yarating. Shundagina farzandingizni bilimli va sog‘lom voyaga yetishida, yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazishda ko‘zlagan maqsadingizga erishasiz.

Yana o‘qing:  Bolamga qanday sovg‘a olsam ekan?..

 

Dilfuza AZIMOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: