O‘rik guli

Ko‘rpachada o‘tirib,

O‘tirgandek bo‘lmadim.

Uy to‘rida soxta gul,

Boqib ko‘nglim to‘lmadi.

Boqqa kirdim, gulbahor,

O‘rik shoxi shod boqar.

Xandon otar g‘unchalar,

Goh shabboda nay chalar.

Bolarilar parvona,

Gullaring, deb, mardona.

Xursand bo‘lib, hol so‘rar,

Gul kosada bol so‘rar.

Quyosh nuri orasta,

O‘rik guli guldasta.

Dilga sig‘mas hayajon,

Bari sizga ayajon.

Vali AHMADJON

Яна ўқинг:  Бепарво бўлманг

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: