Odobni odobsizdan o‘rganmoq kerak…

Xalqimizda biror yashirin ish yoki jinoyat oshkor bo‘lganda «misi chiqdi» iborasi qo‘llaniladi. 1987-yildan  buyon Xonqa tuman DSENM da faoliyat olib borayotgan Xudoyberdiyev Ulugbek (ism-familiyalar o‘zgartirilgan)ning uyidan mis emas, jinoyatga dalil bo‘luvchi 12 dona 1.2 gramm ko‘p miqdordagi ampula «Tramadol 3n» giyohvandlik vositasi va 135 ming so‘m pul topildi…

2019-yil 22-May kuni soat 10:30da Xudoyberdiyev Ulugbek hamkasbi Soliyeva Ra’no (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) bilan o‘tirardi. Shu payt  Soliyeva Ra’noning telefoni jiringlab qoladi-yu, mahallasida kirakashlik qiluvchi «San’at» (A.Bekchanov) undan «Tramadol 3n» dorisini topib berishini so‘raydi.  Ra’no bilan San’atning telefondagi suhbatini eshitgan Xudoyberdiyev Ulugbek  o‘zida  vafot etgan singlisidan qolgan «Tramadol 3n» borligini aytadi. So‘ng Xudoyberdiyev Ulugbek  hamkasbi Soliyeva Ra’no bilan jinoiy til biriktirib, Xonqa tuman dehqon bozori yonida A.Bekchanov bilan uchrashishadi. 1 dona  0,1 gramm ko‘p miqdordagi ampula «Tramadol-3n»  giyohvandlik vositasini 30.000 so‘m pulga kelishib, jami 5 dona 0,5 gramm ko‘p miqdordagi ampula  “Tramadol-3n” giyohvandlik  vositasini 150.000 so‘mga qonunga xilof ravishda sotishadi.

2019-yil 25-may kuni Xudoyberdiyev ishxonasida o‘tirganida hamkasbi Sh.O‘rinova Soliyeva Ra’no uni telefonda so‘rayotganini aytib, telefonini tashlab chiqib ketadi. Telefonda Soliyeva Xudoyberdiyevga  A.Bekchanov ishxona oldida turganligini,  “Tramadol-3n” dorisini berib yuborishini aytadi. So‘ng Xudoyberdiyev Sh.O‘rinovani chaqirib, uyidan olib kelgan  “Tramadol-3n” dorisini oq qog‘ozga o‘ralgan holda  berib, nimaligini aytmay, A.Bekchanovga olib tushib berishini tayinlaydi. Ya’ni jinoyat yana qaytalanib, Xudoyberdiyev va Soliyevalar A.Bekchanovga 1 dona  0,1 gramm ko‘p miqdordagi ampula «Tramadol-3n»  giyohvandlik vositasini 30.000 so‘m pulga kelishib, jami 5 dona 0,5 gramm ko‘p miqdordagi ampula  “Tramadol-3n” giyohvandlik  vositasini 150.000 so‘mga  sotishadi.

Garchi jinoiy sheriklar Xudoyberdiyev va Soliyeva sudda o‘z ayblariga qisman iqror bo‘lgan bo‘lsalar-da, topilgan ashyoviy dalillar, ekspertiza xulosalari, guvohlarning ko‘rsatmalari tufayli jinoyat to‘liq o‘z tasdig‘ini topdi.

Sud Xudoyberdiyev Ulugbek va Soliyeva Ra’noga tegishli jazo tayinlab hukm o‘qidi. Odobni odobsizdan o‘rganmoq kerak, deyishadi. Bugun pushaymonlik ko‘z yoshlari yuzlarini yuvgan shaxslarning izdan chiqqan hayotlari barchamizga ko‘z oqiga igna bilan yozgulik ibrat bo‘ldi.

M.Qilichev,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudi sudyasi

Yana o‘qing:  BARKAMOL AVLOD

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: