Obod Vatanning jambilu rayhonlari

– Katta oyi, oyijon! Sizga bir gap aytmoqchi edim. Endi mening ham oilam, ota-onam bor. Buning uchun sizga katta rahmat. Men kelgusida sizlarning ishonchingizni oqlashga, yaxshi odam bo‘lishga xarakat qilaman,-deydi Hamida opaga ko‘zlarida sevinch yoshlari bilan jovdiragancha 7-8 yoshlardagi bolakay. Uni bag‘riga bosar ekan, Hamida opaning ko‘zlarida ham beixtiyor yosh qalqiydi.

Ha, “Mehribonlik” uyi bilan bog‘liq taqdir egalarining kelajagi o‘zgalarning dardiga sherik bo‘ladigan, ularning ertasi uchun qayg‘uradigan insonlar qo‘lida. Mazkur dargohda bunday voqealar tez-tez sodir bo‘lib turadi.

Yekaterina Shamayeva ham sakkiz yoshidan boshlab shu maskanda tarbiyalandi, voyaga yetdi. U o‘ziga ishongan, o‘qishga ixlosi baland, tirishqoq qiz edi. Vaqti kelib ezgu niyatlari ushaldi. O‘zbekiston davlat San’at va madaniyat institutini tugatib, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha faoliyatini boshladi. Hayotiy qarashlari o‘ziga munosib inson bilan oila qurdi. Bugungi kunda u mehribon ona, sevimli turmush o‘rtog‘. Shiringina qizalog‘ini “Sen mening borlig‘imsan!” deya erkalaydi…

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi zamonaviy binolarning birida 21-sonli “Mehribonlik uyi” joylashgan. Ana shunday mehridaryo 65 nafar xodim mazkur muassasada tarbiyalanayotgan uch yoshdan o‘n uch yoshgacha bo‘lgan 116 nafar bolaga o‘z farzandidek mehr ulashib, ta’lim-tarbiya berayotirlar. Ularning 51 nafarini qizlar hamda 65 nafarini o‘g‘il bolalar tashkil etadi.

– Muassasamizda tarbiyalanayotgan bolalar uchun haqiqiy oilaviy muhit yaratishni maqsad qilganmiz. Ularning bilimli, jismonan sog‘lom, el-yurtimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shadigan inson bo‘lib voyaga yetishlari yo‘lida zarur shart-sharoitlarni yaratishga harakat qilamiz. Dastlab muassasamizga kelgan bolalarning ijtimoiy holatini aniqlaymiz. Ularga davlat tomonidan beriladigan turli xildagi imtiyozlardan to‘g‘ri foydalanishlari uchun ma’lumotlarning haqqoniyligini aniqlash borasida keng qamrovli ishlarni olib boramiz. Misol tariqasida aytish mumkin, albatta, davlat va nodavlat tashkilotlarning ko‘magiga suyangan holda 2014-yilda 20 nafar tarbiyalanuvchining turar-joy va mulk huquqlarini tiklashga erishdik. Shuni ta’kidlash joizki, 2011-2014-yillardagi 74 nafar bitiruvchining 50 nafari Toshkent shahar hokimiyati tomonidan uy-joy bilan ta’minlandi, – deydi 21-“Mehribonlik” uyining ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Hamida Ahmedjanova.

Tarbiyalanuvchilar 9-, 80-, umumta’lim maktablarida, 87-yordamchi maktabda, 101-maktab-internatda ta’lim-tarbiya oladilar. O‘quvchilarning barcha fanlardan o‘zlashtirishlari qat’iy nazoratga olingan. Bolalar ta’lim olayotgan umumta’lim maktablari bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan. Har o‘quv yili oldidan pedagog va psixologlar hamkorligida bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha monitoring o‘tkaziladi.

Яна ўқинг:  Юридик хизмат соҳасида янги босқич

Muassasada tarbiyalanuvchilarning qiziqishlariga qarab turli xil to‘garaklarga jalb etish masalalariga ham katta e’tibor qaratilgan. O‘ndan ziyod turli xil to‘garaklarda K.Mahkamova, X.Normuhamedov, N.Isayeva, J.Tillayev hamda tarbiyachilardan M.Orifjonova, Z.Rajabovalar yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatib, ta’lim-tarbiya bermoqdalar. Bolalarda mehnatga muhabbat uyg‘otish, hamda kelajakda kasb tanlashlarida ushbu to‘garaklarning o‘rni muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Muassasamizda tarbiyalanayotgan bolalarga bilim berishda “Sen yolgiz emassan” Respublika bolalar jamoatchilik jamg‘armasi o‘quv markazining ham o‘ziga xos o‘rni bor. Jumladan ingliz tili, matematika to‘garaklarida bolalar katta ishtiyoq bilan bilim olmoqdalar.

Muassasada bolalarni sog‘lom turmush tarzi bilan oshno qilish, ularni ham ma’nan, ham jismonan barkamol qilib voyaga yetkazish yo‘lida ko‘plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bugungi kunda ushbu maskanning faxri bo‘lgan tarbiyalanuvchilardan sambo kurashi bo‘yicha Anna Isayeva bir necha karra O‘zbekiston chempioni, Veronika Kovaltsova Osiyo chempioni bo‘lishgan. Shuningdek, V.Kovaltsova 2012-yilda Bolgariyaning Sofiya shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida ishtirok etib bronza medalini qo‘lga kiritgan. 2014-yilda Koreyaning Seul shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida ishtirok etgan Valeriya Suykova ham sovrinli o‘rin sohibasi bo‘ldi.

Mazkur “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilarining salomatligini muhofaza qilish maqsadida tibbiyot xonalari tubdan ta’mirlanib, zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan. Shifokor-pediatr Kamola Siddiqova, hamshiralar Umida Tursunova hamda Zuhra Omanullayevalar bolalarning jismoniy rivojlanishini nazorat qilish, ularga profilaktik yordam ko‘rsatish maqsadida yiliga ikki marta to‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘tkazib turadilar. Bu borada Respublika Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga qarashli klinika, Yunusobod tumanidagi 53-sonli oilaviy poliklinika, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATKga qarashli Bolalar shifoxonasi tibbiyot xodimlari yaqindan ko‘mak berishmoqda.

Bolajonlarning yozgi ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida oromgohlarga yo‘llash va sog‘lomlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilayotir. Tarbiyalanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga qarashli “Mehribonlik”, “Mikond” zavodiga qarashli “Nurafshon” “Sumcha”, Toshkent Traktor zavodiga qarashli “Beldirsoy” oromgohlarida sog‘lomlashtiriladi. O‘tgan 2014-yilda 88 nafar tarbiyalanuvchi Toshkent Traktor zavodiga qarashli “Beldirsoy” oromgohida dam olib qaytishdi. Bu yilgi yozgi ta’til davrida bolajonlar Bo‘stonliq tumanidagi “Konstruktor” hamda Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi “Mehribonlik” oromgohida mazmunli hordiq chiqaradilar.

Muhabbat XO‘JAMURODOVA,

Sog‘lom avlod” muxbiri

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: