Navro‘z – shukronalik bayrami

To‘ti YUSUPOVA,

O‘zbekiston xalq artisti, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni sohibasi

Bahor o‘zining xusn-u tarovati, yangilanish, yasharish fasli ekani bilan boshqa fasllardan ajralib turadi. Ayniqsa, ko‘klam biz kabi keksa san’atkorlarni ijod qilishga undaydi. Barcha ayollar kabi men ham bahorni yaxshi ko‘raman. Ko‘klamga eson-omon yetib kelganimizga shukronalar aytaman.

Yurtimizdagi tinchlik tufayli har bir bayramni o‘zgacha xushkayfiyat bilan nishonlamoqdamiz. Qalblarimiz quvonch-u shodlikka to‘lmoqda. Ayniqsa, bu yilgi Xalqaro xotin-qizlar bayrami o‘zbek ayollari yodida hali uzoq vaqt saqlanib qolsa, ajabmas. Boisi, ushbu shodiyonada Yurtboshimiz mamlakatimizning ilg‘or ayollari timsolida barcha xotin-qizlarimizga yuksak hurmatini izhor etib, ular amalga oshirayotgan ishlarni alohida tilga oldilar. Bunday e’tibordan ayol, ona sifatida boshim ko‘kka yetdi.

Bugun yurtdoshlarimiz Navro‘z shukuhi bilan yashamoqda. Ushbu bayram do‘stlik va birdamlik ramzidir. Uzoq qishdan so‘ng ko‘kda quyoshning charaqlab nur sochishi, qirda maysa-giyohlarning nish urib chiqishi, xalqimiz uchun xaqiqiy shodiyonadir. Shunday kunlarda keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos yuksak fazilatdir. Yoshi ulug‘ insonlarni qo‘llab-quvvatlab, turmush sharoitlarini yaxshilash, salomatligini mustahkamlash borasida ko‘plab ezgu ishlarning amalga oshirilayotgani ko‘nglimizni tog‘dek ko‘tarib, quvonchimizga quvonch qo‘shmoqda.

Shu fursatdan foydalanib, butun O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Yurtimiz tinch, dasturxonlarimiz to‘kin bo‘lsin! Boshlanayotgan dehqonchilik mavsumi barakotli kelsin!

Yana o‘qing:  BUVIJON

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: