MUNOSIB IZDOSH BO‘LAMIZ

Litseyimizda bugungi kunda 1121 nafar o‘quvchi uch yo‘nalish bo‘yicha ta`lim olmoqda. Bizga 67 nafar o‘qituvchi — pedagoglar dars beradi. Ularning 17 nafari fan nomzodi va bir nafari fan doktoridir. O‘quv va boshqaruv tizimi kompyuterlashtirilmoqda. Ichki va tashqi internet tarmoq tizimlari yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan kompyuterlarda maxsus xorijiy tillarni o‘qitish uchun multimediali o‘qitish xonasi xizmat ko‘rsatmoqda.

Bilim maskanimiz o‘qituvchi va o‘quvchilari xalqaro va respublika miqyosida tashkil etilgan fan olimpiadalari hamda ko‘rik-tanlovlarda faol qatnashadilar. Jumladan, 2011 yilda Germaniyada nemis tili bo‘yicha o‘tkazilgan badiiy-ijodiy tanlovda 3 nafar o‘quvchi g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan. 21 nafar o‘quvchi esa AKSYELS tashkiloti tomonidan e`lon qilingan tanlovlar g‘olibi bo‘lib tashkilot dasturi bo‘yicha bir yillik Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘qib kelish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi. Olti nafar o‘qituvchi esa “A`lochi ingliz tili o‘qituvchilari” tanlovi g‘olibi bo‘lishgan. Litseyimizdan “Kamolot” YoIH va O‘zbekiston San`ati va madaniyati forumi jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan intellektual olimpiadaning “Siz tarixni bilasizmi?” va “Nima, qayerda va qachon?” yo‘nalishlari bo‘yicha litseyimiz o‘quvchilari jamoasi shaharda birinchi o‘rinni egallab respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritishdi.

Matematika bo‘yicha fan olimpiadasining shahar bosqichida Komil Nasrullaev g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, rus tilidan Respublika bosqichida Gulchehra Aliyeva 2-o‘rinni egallab 2-darajali diplomni qo‘lga kiritdi.

Ilm maskanimizning “Yosh huquqshunoslar” jamoasi ketma-ket “Huquq bilimdonlari”, “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovlarida yuqori o‘rinlarni egallab kelishmoqda. Iqtidorli o‘quvchilar o‘quv maskanimiz faxriga aylangan.

Ana shu sa`y-harakatlar o‘z samarasini bermoqda.Akademik litseyimiz bitiruvchilarining bilim darajasi va oliy o‘quv yurtlariga kirish ko‘rsatkichlari Respublika Davlat test markazi ma`lumotlariga ko‘ra mamlakatimizda eng yuqori hisoblanadi.

– O‘tgan o‘quv yilida huquqshunoslik fanidan o‘tkazilgan olimpiadaning respublika bosqichida ikkinchi o‘rinni egallab, 2-darajali diplom olishga muyassar bo‘ldim. Bu menga yanada mas‘uliyat yuklaydi.

Bobur MUNAVVAROV,

o‘quvchi

Яна ўқинг:  Айбсиз айбдорлар

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: