Ma’naviyat – eng kuchli va ta’sirchan vosita

Bugungi globallashuv jarayoni, kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarimiz ongini zaharlashga urinayotgan “ommaviy madaniyat” ta’siri barchamizni ogohlikka chaqirmoqda. Zero, yurtimiz ertasi, uning taraqqiyoti unib-o‘sib kelayotgan yosh avlod qo‘lidadir.

Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, eng kuchli va eng ta’sirchan qurolimiz – bu ma’naviyatdir. Ma’naviyatli inson – irodali, dunyoqarashi keng, tafakkuri boy va madaniyatli bo‘ladi. Va aynan yuksak ma’naviyat “ommaviy madaniyat”ga, buzg‘unchi va vayronkor g‘oyalarga qarshi kuchli himoyadir.

Yurtimiz buyuk allomalarga beshik bo‘lgan zamindir. Biz ajdodlarimiz bilan qancha faxrlansak, iftixor etsak, shuncha oz. Ammo kechagi kun xotira, bizga saboq bo‘lsa, ertangi kun barchamizdan tinimsiz harakatni, umidlar, orzular ro‘yobini kutadi.

Ajdodlarimiz orzu qilgan istiqlol bizga nasib bo‘ldi. Shunday ekan mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning qadriga yetish, kelajak avlodga obod va farovon, taraqqiyot yo‘lidan ildam odimlayotgan ozod Vatanni qoldirish mas’uliyati chin insoniylik, vatanparvarlikdir. Buning uchun eng avvalo, yoshlarimiz ta’lim tarbiyasiga, dunyoqarashining shakllanishiga e’tibor berishimiz, ularni turli xil yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmasliklari, “ommaviy madaniyat” qurboniga aylanmasliklari uchun farzandlarimiz qalbida mafkuraviy immunitetni shakllantirishimiz lozim.

“Ommaviy madaniyat” qurboni bo‘lgan kishi vatanparvar, fidoyi, rostgo‘y, insofli bo‘lishi qiyin. Mustaqil fikrlovchi odamlar qancha ko‘p bo‘lsa, “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siri yosh avlodga zarar yetkazay olmaydi.

Yoshlar qiziquvchan, ishonuvchan, ergashuvchan, lekin katta kuchdir. Shu bois ham “ommaviy madaniyat” qurbonlari ko‘proq yosh yigit-qizlardir. Bu illat shaxsning didini o‘ldirib, millionlab odamlarni mustaqil fikrdan, shaxsiy munosabatdan, demak, o‘zligidan, qalbidan judo qiladi. Bu esa turli xil yot g‘oyalarni g‘arazli maqsadlar yo‘lida targ‘ib qilayotgan kuchlar uchun ayni muddao. Demokratiya niqobidagi bunday tahdidlardan ogoh bo‘lish uchun esa o‘zlikni anglash muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey o‘quvchilari va oliy o‘quv yurti talabalari o‘rtasida olib borilayotgan ma’naviy-axloqiy tarbiya borasidagi ishlarning ahamiyati beqiyosdir. Shu sababdan ushbu qatlam o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, istiqlol g‘oyalarini targ‘ib etuvchi tadbir va loyihalar ko‘lamini yanada kengaytirish, ularning qalbiga kirib borish uchun zamon talabidagi innovatsion texnologiyalardan foydalanish davr talabidir.

 

Hamidbek JUMANIYOZOV,

Urganch shahridagi 6-ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori

Yana o‘qing:  Ehtiromning mas’uliyati bo‘lakcha

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: