Maktabgacha ta’lim tizimiga yangicha boshqaruv tamoyillarini kiritish kerakmi?

Poytaxtimizda “Bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun innovatsion o‘qish muhitining o‘rni” deb nomlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Jahon banki va Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) hamkorligida tashkil etildi.

Unda Rossiya, Janubiy Koreya, Janubiy Afrika Respublikasi, Buyuk Britaniyadan kelgan xalqaro ekspertlar, mahalliy mutaxassislar hamda Yevropa Kengashi Taraqqiyot banki, Jahon banki, YUNISEF va bosh­qa tegish­li vazirlik va idoralar vakillari shahar va qishloq joylarida maktabgacha ta’lim infratuzilmasini qurish va yangilash, zamonaviylashtirish borasida o‘zaro fikr va tajriba almashdi.

Xususan, 2019 yilda Jahon banki mamlakatimiz bo‘ylab bolalarni sifatli maktabgacha ta’lim olishini ta’minlashga qaratilgan loyiha uchun 55 mln. AQSH dollari ajratadi. Ushbu mab­lag‘lar shahar va qishloq hududlarida joylashgan MTMlardagi ta’lim muhiti sifatini oshirishga yo‘naltiriladi.

2017 yil Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 2000 oila o‘rtasida o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra ta’lim infratuzilmasi O‘zbekistonning maktabgacha ta’lim tizimi uchun ayniqsa, dolzarbdir. Ota-onalar qoniqarsiz shart-sharoit ushbu soha rivoji uchun asosiy to‘siqlardan biri ekanligini qayd etishdi.

Shu sababli anjuman qatnashchilari hukumatning keyingi o‘n yil davomida minglab maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish va ta’mirlash haqidagi rejalarini olqishladi. Ular bolalarning jismoniy, ruhiy va aqliy rivojlanishini ta’minlash uchun samarali o‘qish muhiti g‘oyasini ushbu jarayonlarga joriy etilishi zarurligini e’tirof etishdi.

Konferensiya davomida qatnashchilar tomonidan shahar va qishloq hududlarida bolalar uchun samarali o‘qish muhitini shakllantirishdagi qiyinchiliklar, ta’lim infratuzilmasi va sinf­xonalar tuzilishining o‘quvchilar o‘zlashtirishiga ta’siri, bolalar uchun do‘stona va yoshga muvofiq zamonaviy uskunalar va mebel anjomlari hamda o‘quv materiallarini joriy etish kabi qator mavzular keng muhokama qilindi.

Agrippina ShIN,

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri:

– Raqobatbardosh maktabgacha ta’lim tizimini yaratish uchun unga yangicha bosh­qaruv tamoyillarini kiritish lozim. Ya’ni, bunda axborot, kadrlar, boshqaruv va moliyaviy resurslarining integratsiyalashuvi va hamkorligiga asoslangan tamoyillarni joriy etish talab etiladi. Maktabgacha ta’lim sohasidagi o‘quv muhitini yaratish va shakllantirishning samarali mexanizmlarini joriy yetish nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini yaxshilash va sog‘lom raqobat muhitini imkoni boricha tezroq shakllantirishga yordam beradi.

Ma’lumot o‘rnida

Yana o‘qing:  Izhor

2021 yilgacha mamlakatimizdagi 6-7 yoshdagi bolalarning 100 foizi maktabgacha ta’lim sohasiga qamrab olinishi rejalashtirilgan.

Xurshida HUSENOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: