Maktab o‘qituvchilarining tungi navbatchilik qilgan kunlariga haq to‘lanadimi?

Agar xodim ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlari va bayram kunlari ishlasa, kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi. Belgilangan kundalik ish (smena) vaqtidan tashqari ishlash, ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi.

Ish vaqtidan tashqari ishlashga xodimning roziligi bo‘lishi kerak. Dam olish kunlarida uni ishlatish taqiqlanadi. Lekin, ish beruvchining farmoyishi bo‘yicha ayrim xodimlarni dam olish kunlari ishga jalb etishga alohida hollardagina, jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lsa, belgilangan asoslar bo‘yicha va tartibda yo‘l qo‘yiladi. Agar jamoa shartnomasi tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.

Ayrim toifadagi xodimlarni tungi vaqtda ishlatish uchun qo‘shimcha talablar mavjud. Xususan, nogironlarning tungi vaqtda ishlashiga ularning roziligi bilan hamda agar ular uchun bunday ishlar tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan bo‘lsagina yo‘l qo‘yiladi. Homilador va 14 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarning roziligisiz tungi ishlarga jalb qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 18 yoshga to‘lmagan shaxslarni tungi ishlarga jalb etish taqiqlanadi.

 

Adliya vazirligi axborot xizmati

Yana o‘qing:  NONDAY AZIZ, QORDAY MUSAFFO

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: