KАMILANING OYDIN ORZULARI

Diqqat bilan televizor tomosha qilayotgan qizaloq dabdurustdan buvisiga shirin tilda “buvijon, men katta bo‘lsam, televizorga chiqib, kinolarda o‘ynaydigan artist bo‘laman”, deganida Nazira opa uch yoshli qizaloqning “burro” gaplaridan hayratda qolgandi.

– Ilohim aytganing kelsin. Hali kino nimaligini bilmay turib, shunga aqling yetgan bo‘lsa, Ollohning o‘zi senga madadkor bo‘lsin,– degandi o‘shanda.

Nazira opa asli hamshira. U ko‘p yillar inson salomatligi yo‘lida mehnat qilib o‘n yildirki, qarilik gashtini surmoqda. Turmush o‘rtog‘i vafot etgach, yolg‘iz farzandi xizmat safari bilan xotinini olib olis yurtga ketadi. Nazira opa nabirasi – Kamilani o‘zining yonida olib qoldi. O‘shanda jingalak sochli oq-sariqdan kelgan jajji Kamila ikki yoshda bo‘lishiga qaramay, zukko qizcha edi. U buvisi olib kelgan o‘yinchoq va qo‘g‘irchoqlarni sevib o‘ynar, televizor orqali beriladigan multfilm va kinolarni xuddi kattalardek diqqat bilan tomosha qilardi.

Komila uch yoshidan boshlab bolalar bog‘chasiga qatnay boshladi. Bog‘cha opalari uni tengdoshlaridan ko‘ra zehnli, tirishqoq hamda qo‘shiq kuylashga qobiliyati borligini aytishdi. Nazira opa nabirasidagi bu xislatlarni rivojlantirish uchun bor imkoniyatini ishga soldi. Kamila besh yoshga to‘lganda uni musiqa maktabiga yetaklab bordi. U tez orada musiqa maktabining eng tirishqoq o‘quvchisiga aylandi. Kamilaning barmoqlari pianino tugmachalari ustida erkin harakatlansa, gitara chalib qo‘shiq kuylaganda uning qalbidagi orzulari samoda parvoz aylar edi.

Bugungi kunda Yakkasaroy tuman 72-sonli umumta`lim maktabida tahsil olayotgan Kamila aniq va ijtimoiy fanlarni yaxshi o‘zlashtirish bilan birga, qo‘shimcha to‘garaklarga qatnashishni jon-dilidan sevadi. U yaqinda musiqa maktabining pianino yo‘nalishini a`lo baholarga tugallab, gitara bo‘yicha tahsil olmoqda. Shuningdek, “Aladin” vokal-estrada shou guruhida ashula va raqs yo‘nalishida tahsil olmoqda. Kamila maktabda o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda faol ishtirok etadi.

Uning eng katta yutuqlaridan biri, “Yangi avlod – 2011” bolalar ijodiyot festivalida Toshkent shahar saralash bosqichi “V”-vokal yo‘nalishi g‘olibligini qo‘lga kiritgani bo‘ldi.

Nimaga intilsang, shunga erishasan, deydi dono xalqimiz. Ayni bahorda kinoga taklif etish maqsadida o‘quvchilarning aktyorlik mahorati sinash uchun kelgan kinorejissyor – Said Muxtorov tomonidan suratga olinayotgan “Oqpadar” badiiy filmiga tanlab olingan 8-sinf o‘quvchisi Kamila Gemandinovaning orzulari haqiqatga aylandi.

Яна ўқинг:  ЖАМҒАРМА ФАОЛИЯТИДАН (2012-3)

Ha, yoshlikdan san`atni qalbga muhrlab, yuksak orzularni maqsad qilgan 8-sinf o‘quvchisi K. Gemandinovaga ta`lim-tarbiya o‘chog‘idagi ustozlari hamisha imkoniyat yaratib beradilar. “Maktabimizning kinoyulduzi” deya faxrlanadigan maktab direktori – Nodira Yo‘ldosheva, sinf rahbari Nigora Qodirova, qo‘liga ilk qalam tutqazgan Nargiza Zohidova, Svetlana Samidova, Yevgeniya Nosirova, Gulbahor Yunusova kabi ustozlari undan maslahat va yordamlarini aslo ayamaydilar.

– Qiz bola tikish-bichishni, kiyinishni, ozoda yurishni bilmasa uyat bo‘ladi. Shu bois men o‘zimga turli dizaynda kiyim tikish va yaratishni, soch turmaklashni o‘rgandim. O‘zimga doim oldinga intilishni shior qilib oldim, – deydi singlimiz.

Ota-onalarimizning orzusi farzandlar kelajagi va kamolini ko‘rishdan iborat ekan, san`atni ko‘nglida o‘stirib, chuqur bilim olish va sa`natkor bo‘lish yo‘lida tinmay intilayotgan iqtidorli o‘quvchi – Kamila Gemandinovaga omad yor bo‘lsin, deymiz.

Barno AHMEDOVA

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: