Jajji qalblar

Uning parvarishi nozik masala

– Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning birlamchi va asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Aytish kerakki, ushbu tizim farzandlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol bo‘lib ulag‘ayishlarida muhim ahamiyatga ega.

Tan olib aytishimiz kerakki, keyingi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini malakali xodimlar bilan ta’minlash, bog‘chalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash kabi ishlar biroz e’tibordan chetda qoldi. Bu esa bolalarni bog‘chalarga qamrab olishda bir qancha muammolarni keltirib chiqardi. Quvonarlisi, yaqin 2-3 yil davomida Prezidentimiz tomonidan maktabgacha ta’lim tizimiga, jumladan, sohadagi kadrlar masalasiga jiddiy e’tibor qaratildi. Tarbiyachilar uchun oliy o‘quv yurtlarida maxsus sirtqi bo‘limlari ochildi. Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tarbiyachilarni qayta tayyorlash instituti o‘z faoliyatini boshladi.

Bizning maktabgacha ta’lim muassasamizda bolalarni yaxshi ta’lim-tarbiya olishlari uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Ko‘rgazmali o‘yinchoqlar bilan bezatilgan shinam va yorug‘ xonalar, tarbiyachilarimiz tomonidan o‘tilayotgan turli qiziqarli aqliy va jismoniy mashg‘ulotlar kichkintoylarning dunyoqarashini boyitishga xizmat qilmoqda. Qolaversa, muassasamizda beriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati ham maqtagulik. Meva-sabzavotlar fermer xo‘jaliklari tomonidan yetkazib berilyapti. Bundan tashqari muassasamiz joriy ta’mirdan chiqarildi. Bunday sharoitlardan esa barchamiz birdek mamnunmiz.

Ota-onalar maktabgacha ta’lim muassasasiga farzandlarini joylashtirishda qatorqulayliklarga ega bo‘ldi. Endilikda “Yagona darcha” markazi orqali bolalarni tumandagi istalgan MTMga joylashtirish imkoniyati mavjud.

 

Muborak BO‘STONQULOVA,

poytaxtimizdagi 436-MTM mudirasi,

“O‘zbekiston Mustaqilligiga 20 yil” esdalik nishoni sohibasi

Yana o‘qing:  Ehtirom va e’zoz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: