Iqboli porloq yoshlar

Mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda. Yoshlarimiz respublika va xalqaro miqyosdagi fan olimpiadalarida nufuzli o‘rinlarni egallab, o‘zlariga bildirilgan ishonch va e’tiborni oqlab kelishmoqda. Samarqand shahridagi Bog‘ishamol sanoat kasb-hunar kolleji ham ana shunday iqtidorli o‘quvchi yoshlarni kamolga yetkazib kelayotgan ta’lim maskanlaridan biridir.

Kollej yoshlari hayotiga nazar tashlar ekanmiz, bunga yana bir karra ishonch hosil qilamiz. Ayni paytda kollej o‘quvchilari 9 ta yo‘nalish bo‘yicha ta’lim olib, kasb sirlarini puxta o‘zlashtirishmoqda. Ularga yaratib berilgan sharoitlardan nafaqat o‘quvchilarning, balki oltmish nafar pedagog va kasbiy ta’lim ustalarining ham ko‘ngli yayraydi. O‘qituvchilar har bir dars va amaliyotni maroq bilan o‘tishadi. Kollejda o‘qituvchilarimizning bilim va malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘tgan o‘quv yili davomida 12 nafar o‘qituvchilarimiz qayta tayyorlash kurslarida o‘qib, o‘z malakalarini oshirib qaytishdi. Prezidentimizning 2012 yil 28 maydagi «Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida kollej pedagog muhandislariga o‘quv yili davomida o‘quv seminarlari o‘tkazildi. Samarqand Davlat arxitektura va qurilish inistituti dotsentlari I.Sattorov, S.Matyazovlar kollejning «mashinasozlik» va «maxsus fanlar» kafedralari hamkorligida o‘tkazilgan «O‘quv uslubiy majmualarini yaratish va ulardan o‘quv jarayonida samarali foydalanish» mavzusidagi seminar treningdan ko‘zlangan maqsad ham pedagog muhandislarimizning malakasini oshirishga qaratildi.

Samarqand shahridagi «Samarqand kimyo» OAJ, «Samarqand liftsozlik» qo‘shma korxonasi, «Doka teks» Rossiya – O‘zbekiston qo‘shma korxonasi, «8-MART» OAJ, 2514 , 2531-Avtojamlanmalari va boshqa korxona va tashkilotlar bilan sherikchilik shartnomalari tuzilib, o‘quvchilar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha yuqoridagi korxona va tashkilotlarda ishlab chiqarish va diplomoldi amaliyotlarini o‘tashyapti va aksariyat o‘quvchilarimiz ana shu korxona va tashkilotlarga ishga joylashyapti. Bu yil ham 214 nafar bitiruvchilarimizning 203 nafari o‘z mutaxassisliklari va turdosh mutaxassisliklar bo‘yicha ishga joylashdilar.

Ilm maskanida sport va fan to‘garaklari muntazam ishlab turibdi. O‘quvchilar o‘zlariga yaratib berilayotgan bunday imkoniyatlardan oqilona foydalanmoqda. Viloyat miqyosida o‘tkazilayotgan musobaqalarda o‘quvchilarimiz faol ishtirok etib, faxr­li o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda. Iste’dodli yoshlarimiz Doston Aliyev, Komil Yo‘ldoshev, Bobur Ismatovlar ustozlari Ismat Ernazarov va Rustam Xo‘jayorovlar rahbarligida ikkilamchi qora metal chiqindilaridan foydalanib, odamning skelet robotini yaratdilar. Bu viloyat miqyosida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlarda yuqori baholandi. Yoshlarimiz erishayotgan yutuqlar kollejimiz shuhratini oshiryapti.

Yana o‘qing:  Ishtiyoq, intilish, samara

Alisher BULTAKOV,

Samarqand shahridagi Bog‘ishamol sanoat kasb-hunar kolleji direktori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: