INTILISH


She`riyat go‘zallikka tashna qalblarning chanqog‘ini qondiruvchi buloq singaridir. Unda insonning orzu-umidlari, dil tug‘yonlari aks etadi. Yurtimizda she‘riyat sohasida iqtidorli yoshlar bisyor.

Gulruh Ne`matova ham ana shunday yoshlardan biri. U 2009-yil tumanlararo o‘tkazilgan “Yangi avlod” bolalar ijodiy festivalida “Nazm” yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Tinimsiz izlanishda bo‘lgan Gulruh “Kelajak ovozi” respublika ko‘rik-tanlovida ham tuman bosqichi g‘olibasi bo‘ldi. Iqtisodiy bilim asoslari fanidan chuqur ta`lim olib, fan bo‘yicha bo‘lib o‘tgan olimpiadada shahar bosqichida 2-darajali diplom bilan taqdirlangan iqtidorli qiz Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Shayxontohur akademik litseyiga imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilindi. Hozirgi kunda Gulruh ushbu litseyning “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” yo‘nalishi bo‘yicha 2-bosqich talabasi. U xorijiy tillarga qiziqadi. Rus, ingliz, nemis tillarini puxta o‘zlashtirishga intilmoqda. Uning kelajakdagi orzusi yetuk tarjimon bo‘lib, yurtimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shishdir.

Gulzoda MAMATQULOVA,

S. SIROJIDDINOV nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi akademik litsey 3-bosqich o‘quvchisi


JONAJON VATANIM!

Men sening dilbandingman, ey ulug‘ Vatan!

Bag‘ringda kamol topdim muqaddas diyor.

Farzandlaring qalbida sodiqlik hissi,

Non-tuzingni oqlamoq ahdi dilga yor.

Yayrayapmiz gul to‘la bo‘stonlaringda,

Bizga imkonlar bisyor, kelajak porloq.

Alp yigitlar madhi bor dostonlaringda.

Ulug‘im, buyugimsan, faxrim Vatanim!

Gulruh NE`MATOVA

Яна ўқинг:  ҲАР ЖАБҲАДА ИЛДАМ

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: