Ibrat maktabi

Har gal qo'ng`iroq chalinishi bilan boshlanadigan darsimdan qalbim hayajonga to'ladi. Bugun ham shunday bo'ldi. Sinf partalarida yonma-yon o'tirgan o'quv­chilarimning ziyrak nigohlariga boqib beixtiyor ko'nglimdan onajonimning oliygohni tugatishim arafasida aytgan, – “ustoz uchun har bir bola bir dunyo har bir dars bir imtihon”, – degan so'zlari o'tdi.

Qariyb o'ttiz yildan buyon o'quvchilarga saboq berib kelayotgan volidam birinchi ish kunimdanoq mening ustozimdir. Doskaga mavzuni yozib, unga oid to'rtburchak shaklida karton qog`ozdan tayyorlab kelgan ingliz tilidagi savollar to'plamini o'quvchilarga tarqatdim. Akbar Berdimurodov, Madina Nosirova, Nodir Ilhomov singari o'quvchilar tezda javoblarni yozib berishdi. Uch-to'rt nafar o'quvchining darsni yaxshi o`zlashtira olmayotgani meni o'ylantirib qo'ydi. Demak ular bilan alohida shug`ullanishim, uy sharoitini o'rganishim lozim. Onajonim ham o'zlashtirishga qiynalayotgan o'quvchilarning uyiga tez-tez borib, to ular ilg`orlarga yetib olmaguncha tinib-tinchimasdi. Mavzuga oid qo'shimcha savollar tuzib o'quvchilarni birgalikda ushbu savol­larga yechim topishini talab qilardi. Shu bois ham o'zlashtirishga qiynalayotgan o'quvchilar tez orada a'lochi do'stlariga yetib olardi.

Darsdan so'ng past baho olayotgan o'quvchilarimning uy sharoiti bilan tanishib, ota-onasi bilan suhbatlashdim. Onam kabi dars tugashiga yarim soatcha vaqt qolganida qizlarni alohida, yigitlarni alohida guruhga bo'lib “kim tez topadi?” bellashuvini o'tkazdik. Aqlni charxlab boruvchi o'yin ko'rinishida tashkil etilgan bellashuv o'quvchilarni qiziqtirib qo'ydi. Bora-bora o'quvchilarning o'zlari bunday bellashuv uchun savollar ham tayyorlab kela boshladi. Eng quvonarlisi, ularning hamjihat bo'lib bir-biriga yordam berishi edi. O`quvchilarning ahil-inoqligini, tinimsiz mehnatimiz o'z samarasini berayotganini ko'rib, bir quvon­chimga o'n quvonch qo'shildi. Darslar tugab kechga tomon ishxonamdan uyga qaytar ekanman qalbimning tub-tubidan beixtiyor shunday so'zlar qo'yilib kelar edi. Onajon! Men sizning shogir­dingizman, sizga juda-juda o'xshagim keladi.

Gulnoza NORBOYEVA

Яна ўқинг:  Liboslar ko`rki

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: