Huquqingizni bilasizmi?

Qarindoshlar ham aliment to‘laydimi?

Voyaga yetgan ammo mehnatga layoqatsiz bola ota-onasi vafot etgan bo‘lsa, yaqin qarindoshlaridan ta’minot talab qilishga haqlimi?

Asqar TO‘rayev,

Jizzax viloyati.

– Albatta, haqli. Chunki, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 108-moddasiga ko‘ra, mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj, voyaga yetmagan bolalar ota-onasidan, agar ular yo‘q bo‘lsa, qarindoshlari va ushbu kodeksda ko‘rsatilgan boshqa shaxslardan o‘z ta’minoti uchun aliment talab qilish huquqiga ega. Bunday hollarda aliment miqdori sud tomonidan aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning moddiy va oilaviy ahvoli hisobga olinib, pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanishi mumkin.

Og‘zaki bitim haqiqiy hisoblanadimi?

Bitimni og‘zaki tuzish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, u qanday tartibda amalga oshiriladi?

Farida EsOnova,

Qashqadaryo viloyati.

– O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 106-moddasiga ko‘ra, qonun hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida yozma shakl belgilab qo‘yilmagan, jumladan, u tuzilayotgan vaqtning o‘zidayoq bajariladigan bitim og‘zaki tuzilishi mumkin. Shaxsning xatti-harakatidan uning bitim tuzishga bo‘lgan xohish-irodasi bilinib turgan holda ham bunday bitim tuzilgan hisoblanadi.

Jeton, patta yoki odatda qabul qilingan boshqa belgi berish yo‘li bilan tasdiqlangan bitim, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, og‘zaki shaklda tuzilgan bitim hisoblanadi.

Yozma shaklda tuzilgan shartnomani bajarishga qaratilgan bitimlar, agar qonun hujjatlari va shartnomaga zid bo‘lmasa, taraflarning kelishuviga muvofiq og‘zaki tuzilishi mumkin.

“Boshlig‘im maoshimni kamaytirdi …”

Boshlig‘im sababini aytmay to‘satdan maoshimni kamaytirib tashlabdi. Negaligini so‘rasam “Bu bizning ichki mehnat tartibimiz. Sizga hisob berishimiz shart emas, – deydi. Shu to‘g‘rimi?

Dildora Saidmurodova,

Xorazm viloyati.

– O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 156-moddasiga ko‘ra, mehnatga haq to‘lash shartlari qaysi tartibda o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘sha tartibda o‘zgartiriladi. (153-modda)

Mehnatga haq to‘lashning yakka shartlarini xodim uchun noqulay tomonga o‘zgartirishga uning roziligisiz yo‘l qo‘yilmaydi. Istisno tariqasida bunday o‘zgartirishga:

Texnologiyada, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishga o‘zgarishlar yuz bergan taqdirda, basharti mehnatga haq to‘lashning avvalgi shartlarini saqlab qolish mumkin bo‘lmasa;

Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda yo‘l qo‘yilishi mumkin. Bo‘lajak o‘zgartirish haqida xodim kamida ikki oy oldin ogohlantirilishi lozim.

Yana o‘qing:  Notariuslar notarial harakatni amalga oshirishni rad etishga haqlimi?

Savollarga Toshkent shahridagi 5-sonli notarial idorasi boshlig‘i, huquqshunos Asqar PO‘LATOV javob berdi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: