Giyohvandlik – umr zavoli

Giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi bugun insoniyatga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Zamonaviy transport va axborot texnologiyalari rivojlanib borayotgan sharoitda bu muammo global tus olayapti. Bugun giyohvandlik chegara, o‘lchov, miqiyos bilmaydigan baloga aylangani barchaga ayon haqiqat. Ayniqsa, yosh avlodni ham ana shu baloga giriftor bo‘layotgani ayanchlidir.

Joriy yilning 1 fevral kunidan 1 mart kuniga qadar respublikamizda “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi” bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, hokimliklar, manfaatdor idora va tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilayotgan oylikda narkotik moddalar bilan bog‘liq huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, ushbu og‘u oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchilarni aniqlash va faoliyatiga chek qo‘yishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi. Ushbu oylik davomida shu kungacha “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi akademik litsey, kasb-hunar kolleji hamda Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, temir yo‘lga yaqin joylashgan mahallalarda, korxona va tashkilotlarda giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazildi. “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida radioeshittirishlar ham tashkillashtirildi.

Bundan tashqari o‘quv muassasalarida muntazam “davomat” tadbirlari o‘tkazilib, o‘zlashtirishi past bo‘lgan hamda o‘quv mashg‘ulotlariga sababsiz kelmayotgan o‘quvchilar bilan tezkor-profilaktik tadbirlari olib borilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, giyohvandlikka qarshi kurashish, yoshlarni bu balodan asrash uchun targ‘ibot-tashviqot ishlari ko‘lamini yanada kengaytirish, shu orqali fuqarolarimiz ongu shuurida immunitetni kuchaytirishimiz zarur.

 

Sh. AMANOV,

“Toshkent-Janubiy” vokzalida jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmasi HPG katta inspektori, mayor,

Yu. ABDINABIYEV,

inspektor, leytenant

Yana o‘qing:  Umr saodati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: