Chamanzorim Vatan, gulu gulzorim Vatan

– deya shirali ovozda Mustaqillik, Navro‘z bayramlarida qo‘shiq kuylab, raqsga tushgan Shirin Faxriddinova ayni paytda poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 291-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi.

Qizaloqning yuksak iqtidorini erta payqagan buvijonisi Gulsara Norboyeva dastlab uni o‘zi rahbarlik qilayotgan maktabgacha ta’lim muassasasidagi turli bayram kechalarida sahnaga chiqib, yangi-yangi qo‘shiqlar ijro etishiga bajonidil ko‘maklashar edi. Shu bois bo‘lsa kerak, Shirin endilikda hech ikkilanmay o‘zi mustaqil kuylamoqda.

U o‘qish, yozishni allaqachon o‘rganib olgan. Rasmlar chizishni yaxshi ko‘radi, ayniqsa, ertaklar tinglash uning jonu-dili. Badiiy gimnastika mashqlarini maromida bajarishga intilayotgan qizaloq tarbiyachi opasi Sevara Otajonova rahbarligida tabiat manzaralari, gullar, qushlarning rasmini ham mo‘yqalamda ishtiyoq bilan chizib, gulqog‘ozdan chiroyli shakllar yasamoqda. Bugun e’tiboringizga havola etayotgan rasmini Shirin Faxriddinova bolajonlar bayramiga atab chizibdi va “Baxtiyor bolalik”, yasagan savatchasini esa “Oyijonimning tug‘ilgan kuniga sovg‘a” deya nomlabdi.

Яна ўқинг:  Китоб – инсон яратган буюк кашфиёт

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: