Bolangiz injiqlansa…

Unga telefon emas, sizning e’tiboringiz zarur

 

Bolaning tili chiqmaguniga qadar unga telefon, kompyuter va o‘zidan nur taratuvchi boshqa texnika vositalarni berish mutlaqo mumkin emas. Chunki go‘dakligidan telefon o‘ynashni odat qilgan bolakayning tili kech chiqadi, gapirishga, atrofdagilar bilan muloqot qilishga qiynaladi. Unda nutq bilan bog‘liq muammolar yuzaga kela boshlaydi.

Bola asabiylashganda uni telefon bilan ovutmaslik lozim. Boisi, bu paytda unga ota-onaning e’tibori ko‘proq zarur bo‘ladi.

Afsuski, ko‘pincha o‘z vaqti va sabrini qizg‘ongan ota-onalar ana shunday holatlarda kichkintoyiga qo‘l telefonini tutqazib qo‘yadi. Bu bilan u dilbandining hayotda kuchli bo‘la olish, qiyinchiliklarni yengish qobiliyatiga o‘zi bilmagan holda to‘siq qo‘yadi. Qolaversa, gadjetlar yordamida farzandining miyasini charxlamoqchi bo‘lgan ota-onalar mutlaqo xato qiladi. Agar bola kompyuterdan ma’lumot olish, o‘yinlar orqali biron vazifa bajarishga o‘rganib qolsa, uning hayotga, jamiyatga moslashishi juda qiyin kechadi. Ekranda uddalay olgan vazifani hayotda umuman bajara olmaydi. Amerika pediatriya uyushmasi mutaxassislarining ta’kidlashicha, kompyuter o‘yinlari va mobil gadjetlar bolaning har tomonlama rivojlanishiga salbiy ta’sir etar ekan.

Kompyuter yoki telefonga bog‘langan bola o‘zi sezmagan holda qattiq charchaydi, unda asabiylik, zarda qilish, g‘ijinish va agressiya (TAJOVUZKORLIK) rivojlanadi. Shuningdek, U sport bilan shug‘ulanayotganda ham qiynaladi.

Ba’zi tadqiqotlar yaqin yillarda bolalar va o‘smirlar orasida keng tarqalayotgan semizlik sababini ham mobil telefon va kompyuter vositalarining salbiy ta’siridan ko‘rishmoqda. Ularning ekranga soatlab termulib o‘tirishni afzal ko‘rishi natijasida tanada modda almashinuv tizimi ishdan chiqadi va jadal tarzda semizlik rivojlana boshlaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘n yoshga to‘lmagan bolada telefonlarning ta’siri natijasida miyada bo‘ladigan patologik buzilishlar kattalarnikiga nisbatan tezroq va kengroq yuzaga kelar ekan. Bu esa kelajakda jiddiy kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

 

Ziyoda YULDASHEVA,

Qarshi davlat universiteti o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Boychechak chiqibdi, bugun Navro‘z ekan

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: