Bolalar hamshirasi: u qanday bo‘lishi kerak?

Insonning bolalik davri beg‘ubor va shu bilan birga juda murakkab palla hisoblanadi. Bolalar necha yoshda, qolaversa, sog‘lom yoki kasal bo‘lishidan qat’iy nazar doimiy e’tibor va parvarishga muhtoj bo‘lishadi. Ayniqsa, bemor bola bilan ishlayotgan hamshiradan bu borada juda katta mas’uliyat, bilim va amaliy ko‘nikmalar talab etiladi.

 

  1. Hamshiralar bolalarga tibbiy muolajalarni o‘ta diqqat bilan professional ravishda sifatli va to‘g‘ri amalga oshirishlari shart.
  2. Ular doimiy ravishda shifokor, dorixonachi (farmatsevt), diyetolog (parhezshunos) kabi mutaxassislarning xulosalariga tayanib ishlashlari lozim.
  3. Chaqaloq yoki go‘daklar og‘riyotgan joylarini ko‘rsata olmasliklari sababli hamshira sabrli va shirinso‘z bo‘lishi zarur.
  4. Baxtsiz hodisalar (bolani burniga biror jismning kirib ketishi, kuyib qolish, turli jarohatlar va h.k.) yuz berganda tibbiyot xodimi zudlik bilan harakat qilishi kerak.
  5. Bemor bolalarni parvarish qilayotgan hamshira mehribonlik, jonkuyarlik, to‘g‘riso‘zlik, muloyimlik va bag‘rikenglik kabi xislatlarga ega bo‘lishi darkor.
  6. Kichkintoy to‘g‘ri rivojlanishi va ayniqsa, chaqaloqning yaxshi o‘sishi uchun hamshira yangi bo‘shagan yosh onalarga ko‘krak sutining ahamiyati va turli yoshdagi bolalar taomnomalari haqida maslahat berishi zarur.
  7. Dardmand bola yaqinlari bilan muntazam ravishda muloqotda bo‘lishi kerak. Buni ta’minlash ham bolalar hamshirasining zimmasida.

 

Xulosa qilib ayganda, hamshira bolalarni qalb harorati bilan yaxshi parvarish qilishi darkor. Yuqoridagi talab­larga javob bera oladigan malakali tibbiyot xodimigina xasta bola va uning yaqinlari ishonchini  qozona oladi.

Yana o‘qing:  Yesang – sahar ye...

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: