Bilimga ishtiyoqmand o‘quvchilar

ta’lim muassasasi mavqeini oshiradi

O‘qituvchilik sharafli, shu bilan birga mashaqqatli kasb. Bolalarga dars berish jarayonida o‘qituvchi doimo o‘z ustida ishlashi lozim. Bu esa shubhasiz uning mahoratini doimo sayqallanib borishiga yordam beradi. O‘quvchilarining kamolga yetganini ko‘rish, mehnatlari samarasini his qilish ustozning eng katta quvonchidir.

Shukr, ana shunday sharafli kasbda faoliyat yuritaman. Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Loish shaharchasida joylashgan 45-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida musiqa fanidan dars beraman. Bevosita kelajak sari qo‘yilgan muvaffaqiyatli odimlarning, jumladan ta’lim sohasidagi istiqbolli islohotlarning guvohiga aylanaman. Ahil jamoadan tashkil topgan o‘qituvchilarimiz bugungi kunda 13 ming 25 nafardan ortiq o‘quvchiga dars bermoqda. Ijtimoiy va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasamiz shu kunga qadar ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgan.

O‘quv dargohimizning bugungi kunda yurtimizning namunali maktablari qatoridan joy olishi, chekka bir tumanda joylashganiga qaramay, o‘z o‘rnini topgani kasbimga bo‘lgan faxr hissini oshiradi. Maktabimiz o‘qituvchilari orasida “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni sovrindorlari ham talaygina. Xususan, biologiya fani o‘qituvchilari Sohida Yusupova, Dilrabo Shomurodova, Dollioy Xoldorova, kimyo fani o‘qituvchisi Inobat Tog‘aeva, matematika va informatika fani o‘qituvchisi Dilorom Mamasharipova singari ustozlarimiz barcha uchun o‘rnak bo‘lishmoqda.

Dilorom Mamasharipovaning 2014 yil “Shuhrat” medali bilan, Vinera Musavvirovaning “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlanishi muassasamiz mavqeini ham jamoamizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini ham oshirdi.

Ana shunday e’tirof va e’tiborga o‘quvchilarimiz ham munosib javob qaytarishmoqda. Jumladan, o‘quvchilarimizdan Fotima G‘ofurova 2013 yili bo‘lib o‘tgan “Bilimlar bellashuvi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida biologiya fanidan faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 1-sinf o‘quvchisi Alina Bo‘lakova esa 2015 yil badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Aynan shu yili mamlakatimiz miqyosida tog‘ sporti bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada Dilafro‘z Muhammadieva ham 1-o‘rinni egalladi. 5-sinf o‘quvchisi Zebo Abdusamatova taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida 3-o‘rinni, Sanjar Rahimov yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida 2-o‘rinni egallagani ta’lim muassasamizda bolalarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun ham alohida sharoit yaratilganining isbotidir. Qizlarimizning jamoat ishlarida faolliklari ham tahsinga sazovor. Sarvinoz Isomiddinova O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan “Orasta qizlar” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida “Eng izlanuvchan orasta qiz” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Яна ўқинг:  Нохуш одат – одобсизлик остонаси

Birgina bu emas, Madina Qanoatova 2015 yil mart oyida Sankt – Peterburg shahrida, dekabr oyida esa Rigada bo‘lib o‘tgan “Mega yulduzlar tanlovi”da milliy raqslarimizni ijro etib gran-pri sohibiga aylandi.

Ta’kidlash joizki, qo‘lga kiritayotgan bu yutuqlarimizda biz va o‘quvchi-yoshlarga yaratib berilgan shart-sharoitlar ham muhim o‘rin tutmoqda. Maktabimiz zamonaviy anjomlar, o‘quv qurollari bilan jihozlangan. Erishilgan muvaffaqiyatlar biz o‘qituvchilarga o‘z ustimizda ishlash mas’uliyatini ham yuklamoqda.

Hulkar RABBIMOVA,

Samarqand viloyati Oqdaryo tumani 45-ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: