Baxt qasri

Quvonchmikin yonimdan

Chopib o‘tgan onajon?!

Yoki ezgulikmikin

Meni kutgan onajon?!

Omadlarni jamalak

Qilibsan-da sochimga.

Shodlik qilgan sumalak

Kuch qo‘shmoqda kuchimga.

Atrofimda yugurgan

Yoshlikmi yo vaqtmi bu.

Men bilan arg‘imchoqda

Uchayotgan baxtmi bu

O‘tayotgan har bir kun

Tatiydi ming asrga

Ona, baxt tug‘ilmoqda

Sen yaratgan qasrga…

Nurjahonbegim Usmonova

Яна ўқинг:  Ҳайрат дақиқаларининг ҳақиқатлари

You may also like...

Фикр билдириш

Э-почта манзилингиз чоп этилмайди. Мажбурий маълумотлар * билан белгиланган.

Хато ҳақида хабар

Муҳаррирга жўнатиладиган матн: