«5» bahoga aylangan «2»

Ikkinchi sinfda o'qib yurgan kezlarimizda rus tili fanidan Gulnora opa Sa'dullayeva degan muallim bizga saboq berardi. O'quv yili boshida harflar, ularning o'qilishini astoydil o'rgandik. Obdon o'rganib bo'lgach kitobdagi ruscha she'rlarni o'qituvchimiz yod olish uchun bizga uyga vazifa qilib bera boshladi. Birinchi vazifamiz «O'zbekiston» she'rini `odlash edi. O'sha kuni ko'chada qizlar bilan o'ynab uyga vazifa qilib berilgan she'rni yod olishga ulgurmadim. Ertasiga rus tili darsida mendan boshqa hamma she'rni yoddan aytib berishdi. O'qituvchimiz xayron bo'ldilar va kundaligimga «2» baho qo'ydilar. Bu bahoni uyga borsam onam ko'rganida urishmasliklari uchun «5» bahoga aylantirib «to'g'rilab» qo'ydim. Keyingi hafta o'qituvchimiz she'rni yana mendan so'radilar. Bu safar men she'rni yoddan aytib berdim. O'qituvchimiz menga baho qo'ymoqchi bo'ldilar va kundaligimni so'radilar. Kundaligimni varaqlab o'tgan galgi «2» bahoning to'g'rilanganidan rosa jahli chiqdi. Onam ham shu maktabda o'qituvchi bo'lib ishlagani uchun bu voqeadan tezda xabar topishlarini ich-ichimdan sezardim. Shu kuni o'qituvchimiz bu voqeadan so'ng, o'quvchilarga bir hikoya aytib berdilar.

Unga ko'ra:

Bir maktabdan kundaligidagi «2» bahosini «5»ga to'g'rilagan bolani haydab yuborishadi. U bola maktab yonida «2» bahoni to'g'rilab boshqa bahoga aylantiradigan idora ochadi. Bir kuni o'sha bolaning o'qituvchilari uning idorasi yonidan o'tib ketayotib qarasalar hamma bolalar kundalik ko'tarib navbatda turgan emish. Buni ko'rgan xaligi o'qituvchilar ham do'kondan o'zlariga bitta-bitta kundalik sotib olib navbatda turishibdi. Bir oz vaqtdan keyin ularga navbat kelibdi. Bir bola stolga o'tirib olib nimalarnidir o'chirib to'g'rilayotgan ekan.

– Qo'y kundaligingni stolga, – debdi boshini ko`tarmay xaligi bola.

O'qituvchi o'zini yosh bola sensirayotganidan xayron bo'lib bolani aytganini qilib kundalikni stolga qo'yibdi. Kundalikni varaqlab ko'rib bola:

– Sening hech qanday «2» bahong yo'q bo'lsa men nimani to'g'rilay, – deb ro'parasidagi odamga qarasa ne ko'z bilan ko'rsinki o'z o'qituvchisi oldida kundalik ko'tarib turgan emish. Shu-shu bola idorani yopib boshqa bu ishni qilmaydigan bo'libdi, deb hikoyasini tugalladi. Bu voqeadan men juda xijolat tortdim.

Keyinchalik bu xatoni umuman takrorlamadim. Chunki uyda ham onamdan yaxshigina gap eshitgan edim. Yillar o'tdi, men ham o'zim o'qigan maktabga o'qituvchi bo'lib ishga kirdim. Yakka tartibda uyda o'qitilayotgan Dildora ismli 6 – sinf o'quvchisiga ona tili va adabiyoti fanidan dars bera boshladim. Dildora birinchi bor darsga kirgan paytlarim meni yaxshi qabul qildi. Uyga vazifa qilib unga matn tuzishini aytdim. Ertasi kuni darsda vazifani yozmabdi, qaytadan yana vazifa qilib berdim. Oradan ikki dars o'tib ketsa ham vazifa tayyor emas. Oxiri kundaligiga «2» baho qo'yishga majbur bo'ldim. Uch -to'rt kun o'tib hafta boshida yana dars o'tgani Dildoralarning uyiga bordim. Usha kuni uyga vazifani bajargan ekan,»4″ baho oldi. Kundaligini so'radim, Dildora indamadi. Yana bir necha marta aytganimdan so'ng kundaligini olib keldi. Kundaligini ochib qarasam o'tgan darsda qo'ygan «2» baho o'rniga ikkita chiroyli «5» baho qatorlashib turibdi. Bu hol menga bolalikda qilgan xatoyimni eslatdi. Men ham o'quvchimga ustozim qo'llagan usulni qo'lladim va o'sha hikoyani aytib berdim. Bu esa Dildoraga xuddi men kabi ijobiy ta'sir ko'rsatdi.

Яна ўқинг:  Болалар кутубхонаси чорлайди

Kibriyo XOLMATOVA,

Qamashi tumani

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: