Yomg‘ir

(Qatra)

Bahor boshqa fasllardan o‘zining injiqligi bilan farq qiladi. yer yuziga beminnat nurlarini hadya etayotgan quyoshning yuzini bir lahzada allaqayerdan paydo bo‘lgan bulut to‘sadi… So‘ng ko‘kni o‘z lashkari bilan ‘‘asir’’ oladi. ikki o‘rtada jang boshlanadi. buning oqibatida, zaminga yomg‘ir tomchilay boshlaydi. zum o‘tmay, tomchi jalaga aylanadi. xuddi osmondan ustingizga chelaklab yomg‘ir quyilayotgandek…

Mana, bugun ham tuni bilan shamol bo‘lib, ertalabdan yomg‘ir sharros quya boshladi. bu manzarani deraza ortida tomosha qilar ekanman, odamlarni zimdan kuzataman. hamma qayergadir shoshmoqda. ko‘pchilikning qo‘lida yomg‘irpo‘sh. ba’zilar shiddat bilan yog‘ayotgan yomg‘irni pisand qilmay, o‘z manzili tomon ketmoqda… anavi odam esa, qo‘llarini ikki yonga keng yoygancha, ko‘zlarini yumib olgan. go‘yo, yomg‘irni quchoq ochib kutib olayotgandek… yuzlarida esa baxtiyorlik…

Men esa, ularni deraza ortidan kuzataman…

 

Zahro Nurzoda

Яна ўқинг:  КУЛГУ – ШИФО (2012-3)

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: