Xush kelding ey, navro‘zi olam!

Fasllarning yosh kelinchagi,

Ezgulikning zar belanchagi,

Istiqlolning guli, chechagi,

Xush kelding ey, Navro‘zi olam!

 

Dosh qozonga o‘t, olov yoqib,

Sumalak-la dilga xush yoqib,

Chakkamizga binafsha taqib,

Xush kelding ey, Navro‘zi olam!

 

Sen kelganda yasharar dunyo,

Qorlar erib, toshar suv, daryo,

Oftob sochar mayin nur, ziyo,

Xush kelding ey, Navro‘zi olam!

 

Qo‘yilar chek, urush-ofatga,

O‘rtadagi araz, xasadga,

Ig‘vo, g‘avg‘o, fisqu fasodga,

Xush kelding ey, Navro‘zi olam!

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ko‘k somsalar yopilar yana,

Har go‘shada to‘yu tantana,

Etar davom qadim an’ana,

Xush kelding ey, Navro‘zi olam!

 

Gulla, yashna tinchlik bahori,

Yangra mag‘rur do‘stlik alyori,

Iskandarning yuzi, viqori,

Xush kelding ey, Navro‘zi!

 

Iskandar RAHMON

Yana o‘qing:  Eng yaxshisi bo‘lmoqchiman

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: