Qoqigul

Salimalarning bog‘ida qoqigul ochildi. U go‘yo sariq ro‘molini ko‘z-ko‘z qilayotgandek shamolda mayin tebranar, uni ko‘rgan kishining ko‘zlari quvonchdan porlab ketardi. Daraxtlar orasidan arg‘imchoq solgani kabi uchib o‘tayotgan qaldirg‘ochlar ham bahor chechagini qutlashayotgandek o‘z tillarida vijir-vijir qilib o‘tishardi.

Salima maqtangancha qoqigulining yoniga dugonalari Aziza va Gulnoralarni boshlab keldi. Ularning Salimaga rosa havasi keldi. Axir ularning uylarida bunday go‘zal bog‘lari yo‘q edi-da. Qizlar avaylabgina gulning yaproqlarini silab qo‘yishdi. Ammo uzib olishmadi.

Ertasi kuni ertalab qizlar yana boqqa yugurishdi. Ne ko‘z bilan ko‘rishsinki, qoqigulning yonida yana bir necha o‘nlab sariq ro‘molli qoqigullar qiyg‘os ochilib yotardi. Ular go‘yo qizlarga ta’zim qilgani kabi boshlarini egib ham qo‘yishardi.

– Buvijon maylimi o‘rtoqlarimga gul uzib bersam, – erkalanganicha so‘raydi Salima.

– Mayli bir-ikki donadan uzaqol, mabodo ko‘p uzsang qoqigullaring xafa bo‘lib ochilmay qolishadi. Ro‘mollari ham rangini yo‘qotadi.

– Xo‘p buvijon, aytganingizdek qilaman, quvonch bilan bog‘ etagi tomon yuguradi qiz.

Bog‘da esayotgan mayin shabbodalar bu odobli qizning shodligiga jo‘r bo‘lgan kabi sochlarini avaylab tarab o‘tdilar.

Jamila HAYDAROVA

Yana o‘qing:  Polvonlarimiz shohsupada

You may also like...

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma’lumotlar * bilan belgilangan.

Xato haqida xabar

Muharrirga jo‘natiladigan matn: