Qatralar

Ona

 

– Baxtli bo‘l, qizim, borgan joyingda toshdek qot, bu uyga faqat mehmon bo‘lib kel, bolam!

Mastura opa qiziga oq fotiha berar ekan, ko‘zi yoshlandi. Yor-yor sadosi ostida uyni tark etayotgan qiziga qarab, yuragining bir parchasini yulib olib ketishayotganday his qildi. Mehmondorchilik tugab, uyda yolg‘iz qolgan mahal erining chaqirganini eshitib javob qaytardi:

– Labbay, dadasi.

– Katta rahmat, Mastura, – Nosir akaning tomog‘iga bir narsa tiqildi. – Qizimni katta qilding, yaxshi tarbiya berib, kelin qilib uzatding, yetimligini bildirmading, rahmat!..

 

Sabohat BERDIYEVA

 

Duo

 

Ishlarim yurishib ketdi. Ha endi o‘zi bo‘ladimi, buning uchun qancha mehnat qilayapman, axir. O‘ylarimni telefon qo‘ng‘irog‘i bo‘ldi. Telefon qilgan onam ekan. Hol-ahvol so‘rashdik. Gap orasida aytib qoldi:

– Bolam rejalashtirgan ishlaring nima bo‘ldi? Omadingni Xudodan so‘rab duo qilayapman…

 

XURSHIDABONU

Yana o‘qing:  Bahorning shirin tashvishlari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: