Qadr

Mahallamizda bir usta bola bor edi. Uni hech kim nazarga ilmas, bolalar safga qo‘shmas edi. Hozir ishlari yaxshi, yaqinda mashina oldi. Kecha qarasam, uni uchta og‘aynisi uch tarafga qarab tortib, iftorlikka taklif qilishyapti. Uchalasiga ham rahmat aytib, jo‘natib yubordi-da menga qarab, “Aka, o‘tgan yillar davomida uchalasi men bilan ko‘cha-ko‘yda hatto, so‘rashmas edi. Shu paytgacha qancha ma’raka qilgan, ammo meni hech qachon chaqirmagan. Bu yil mashina olganimdan keyin ularning menga bo‘lgan munosabati o‘zgardi. Nahotki, insonning qadr-qiymati minib yurgan mashinasi, ustidagi kiyimi bilan o‘lchansa?!” dedi. Men esa unga:

“Uka, hali yoshsan. Hayotni ham, odamlarning qanday ekanligini ham ana shunday holatlarda tushunib boraverasan. Lekin sen hech qachon ularga o‘xshama” dedim.

 

G‘ayrat YO’LDOSH

Yana o‘qing:  Yo‘li topildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: