O‘rigimdan qo‘ymasin

Daraxtlardan yozning nozu ne’matlari bo‘lmish mevalarni uzib tanovul qilib ko‘ring-a. Bobo Quyosh saxovatini o‘ziga boricha shimib, bolga aylangandek go‘yo.

Shunday chog‘larda bolaligimda xonadonimiz kattalari – bobom bilan buvim yozning mevalariga yetishganidan mamnun bo‘lib, Olloh alqagan elimga ko‘z tegmasin, deya shukronalik keltirishlari beixtiyor xayolimdan o‘tadi.

Bu tahsinlar birgina ne’matlarning to‘kinligiga emas, uning tilni yoradigan mazasiyu boliga ham qarata aytilgan bo‘lsa, ajabmas. Chindan ham ona tabiatning Vatanimizga tuhfa etgan bor saxovatini ko‘rib, uning nechog‘lik arzandasi ekanligimizga takror va takror amin bo‘laman. Ba’zan, xorijdan kelgan turfa ne’matlar dasturxonimizga ko‘rk berib, ko‘zimizni quvontiradiyu, dilni yayratmaydi… bobomga “yangilik” deya shunday mevadan ilinganimda yuz-ko‘zi biroz o‘zgarib, “bu topganing nimasi… daraxt tagiga to‘kilib, zada bo‘lgan o‘rigimdan qo‘ymasin”, deb uzil kesil bahoni bergandi, o‘shanda.

Ma’rifat TOLIPOVA

Яна ўқинг:  Ҳамма гап самимиятда

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: