Oqibat

Erta tong. Bugun Dilshodbek har kungidanda barvaqtroq otlanib yo‘lga tushishi kerak. Sababi, bugun u qo‘l ostidagi xodimlari bilan navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazishni rejalashtirgan. Shuning uchun shoshilmasa bo‘lmaydi. Hali rafiqasi Zeboxonni ishga, farzandlari Azizbek va Zulfiyalarni maktab, bog‘chasiga ham eltib qo‘yish lozim.

Zebo, tayyormisan. Azizbek, Zulfiya tezroq bo‘ling. Ishga kech qolaman.

– Buncha, shoshmasangiz. Borasizda, o‘sha ishingizga, – ichkaridan ayoli Zebo kinoyali ohangda zarda qildi. – Birinchi navbatda biz, keyin o‘zingiz, ishingiz.

Dilshodbek rafiqasining so‘zlarini eshitib beixtiyor sergak tortdi. Ko‘ngli o‘sha olis manzil – bolaligi o‘tgan, yo‘laklaridagi tuproqlari bilqillagan qishloq ko‘chalariga chopib ketdi. “Dilshodjon! Bolam! Non yopdim. Kel…” degan sehrli ovoz qulog‘iga beixtiyor chalindi. Negadir ko‘ngli allanechuk entikib, yuragini tushunib bo‘lmas mahzunlik egalladi. Hatto, ishga shoshilayotgani ham yodidan ko‘tarildi.

– So‘zlarim ta’sir qilibdi-da, – deya o‘zicha o‘ylagan Zebo kibr bilan mashinaning oldi o‘rindig‘iga o‘tirdi-da eshikni zarda bilan yopdi.

Majlis ham yakunlandi. “Aftidan rejadagi ishlarning hammasiga ham to‘xtalib o‘tolmadim, erta tongdagi anglab bo‘lmas xotiralar bunga sabab bo‘ldimikin?…” xayolidan o‘tkazdi u.

Dilshodbek yolg‘iz farzand. Onasining yodgori. Volidasi qiyinchilik zahmatini cheksada, bir o‘zi ham ota, ham ona bo‘lib yolg‘iz o‘g‘lini o‘qimishli, oliy ma’lumotli qilish orzusi bilan yondi. Buning uchun bir ishdan qoniqmay, qishloqdan yana qo‘shimcha ishlarni bajaraverdi. Oradan yillar o‘tib Dilshodbek onasi orzu qilgandek oliy ta’lim dargohiga o‘qishga kirdi. Endi ilm marralarini zabt etish lozim edi. Shunday ham bo‘ldi. Universitetni yuqori baholar bilan tamomlagan Dilshodni poytaxtga ishga taklif etishdi. Oylar-yillar o‘tib uning mavqei tobora oshib borar, atrofidagi obro‘li kishilar u bilan yaqin bo‘lishga intilishardi. Har hafta qishloqqa qatnaydigan Dilshodbek zo‘r-bazo‘r bir oyda, bora-bora yilda bir qish­loqqa boradigan bo‘ldi. So‘nggi paytlar onasini ko‘rgani qachon borgani ham yodida emas.

– Yaxshiyamki, onamdan qo‘shnimiz Nargiza opa boxabar bo‘lib turibdi, – deb o‘ylardi o‘zicha. – Ha-da, har borganimizda dunyo-dunyo bozor qilib bersam. Yana nima kerak? Onam hech nimadan zoriqmayapti.

Yodida, Dilshodjon universitetga otlanayotgan bir mahal ko‘ziga onasining qiyofasi so‘lg‘in, biroz toliqqandek ko‘rindi u.

– Tobingiz yo‘qmi, oyi? Shifoxonaga olib boraymi? – deb so‘ragandi u.

– Meni qo‘y. O‘ylama. Ahvolim yaxshi. Biroz charchadim, shungadir ehtimol. Avvalo o‘qishingni o‘yla. O‘qishga kechikib borish yaxshimas.

Dilshodbekning ustidan suv quygandek birdan azoi badani muzlab ketdi.

“Meni o‘ylama, avvalo o‘qishing muhim… o‘qishing muhim… muhim…” “birinchi navbatda biz, keyin o‘zingiz, ishingiz… ishingiz… ishingiz…” miyasida charx urib aylanayotgan bu so‘zlarni eslarkan chap ko‘kragida qandaydir og‘riq simillaganini sezdi. Shunda anchadan buyon qoshida hozir bo‘lolmayotgan mushtipar onasining xuzurida zumda paydo bo‘lgisi, uning tandir isi keladigan issiqqina qo‘llarini ko‘ziga surtgisi keldi.

– Shu dam olish kunlari albatta onamni ko‘rgani boraman. Onam yaxshi ko‘rgan Toshkent shirmoy nonidan olib boraman, – deya niyat qildi. O‘zi qilgan qaroridan biroz taskin topgandek bo‘ldi chamamda.

Ko‘ngliga yaxshi so‘zlar bilan taskin berar ekan, bexosdan qo‘l telefonining jiringlashi xayolini buzib yubordi.

– Dilshodjon, bu men hamqishlog‘ing Nargiza opang. Ukam bardam bo‘l. Onang seni kuta-kuta omonatini topshirdi. Tez yetib kel…

U Nargiza opasining so‘zlarini eshitar-eshitmas, ko‘k­ragidagi og‘riq yana zo‘r berib Dilshodga azob bera boshlardi. Ammo, bu og‘riq uning vijdonida paydo bo‘lgan azob oldida hech narsa emasdi. Shunda yana bolaligidagi ajib so‘zlar yodiga tushdi.

– Dilshodjon kel bolam. Issiq non yopdim. Yeb ol…

Orasta TOJIYEVA,

Yana o‘qing:  Kulgu-shifo (2014/2)

Qarshi kompyuter texnologiyalari va servis xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘quvchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: