Mudhish xato

Bemorining sog‘lig‘i o‘nglana bordi. Ishtahasi yaxshilanib, kuchga kirdi. Ko‘p o‘tmay devorga suyanib o‘rnidan tura oladigan bo‘ldi. Birinchi marta o‘zi yurib shifoxona yo‘lagiga chiqqanida esa uni butun kasalxona ahli olqishladi…

Ammo bir kuni…

Kasal to‘satdan yana karavotiga mixlanib qoldi. Sog‘ayib borayotgan bemori sog‘lig‘ining bunchalar tez orqaga ketishini tushuna olmay, shifokor hayron edi. U yeldi-yugurdi, kasallik xurujining sababini aniqlash maqsadida tekshiruvlar o‘tkazib, bemoriga yangidan-yangi dorilar tavsiya etdi.

Bir safar shifokor bemorini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazayotgan edi:

– Foydasi yo‘q, do‘xtir, – dedi u so‘niq ko‘zlarini shiftga tikib. – Men hammasini bildim. Xonangizda turgan kasallik tariximni o‘qib ko‘rganman…

Keyinchalik shifokor o‘z kasbdoshlari davrasida bu bemorini ko‘p eslardi. Shifokor hamisha bir xil tarzda: “U meni ikki marta hayratga solgan. Birinchi marta yashab ketishiga mutlaqo ishonchim bo‘lmagan bir paytda oyoqqa turib, ikkinchi marta esa ortiq sog‘ayib ketishiga batamom ishonch hosil qilganimda…”, deya gap boshlar edi.

 

Bayram ALI

Yana o‘qing:  Farzand

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: