Mardona qo‘shiq

(Rivoyat)

Bir ayol uzoq vaqt farzand kutibdi. Yillar o‘tib, niyati ushalibdi. Bolasini yer-u ko‘kka ishonmabdi. Tongdan shomgacha alla aytibdi. Orzu-o‘ylarini, armonlari ushalganini xirgoyisiga qo‘shibdi. Dunyoning qay tarafiga boqsa, farzandini ko‘ribdi. Atrofdagi voqea-hodisalarni unutibdi. Shunday kunlarning birida mamlakatga dushmanlar hujum qilibdi. Uylarga o‘t qo‘yilib, kishilar asir olinibdi. Biroq… ayol alla aytayotgan uy ostonasiga hech kim yaqinlasha olmabdi. Shunda bosqinchilarning boshlig‘i g‘azablanibdi.

– Nima gap? – debdi. – Bu muammoni o‘zim hal qilaman, – deya xonadon eshigiga qadam qo‘yibdi. Shunda qulog‘iga hech qachon eshitmagan ohang chalinibdi. Badanlari jimirlab ketibdi. Ovoz kelayotgan tomon yaqinlashibdi. Tuynukdan razm solibdi. Qarasa, ayol bolasiga termulgancha beshik tebratib xirgoyi qilarmish. Dushman ayolning tilini ham, nima deyayotganini ham tushunmabdi. Bu holatga bir muddat mahliyo bo‘libdi-yu, hovliga chiqibdi.

– Bu dargohga hech kim yaqinlashmasin, – deya navkarlarini olib, ortiga qaytibdi.

Ayol alla aytishda davom etibdi.

 

Gulchehra ShOMALIKOVA,

Parkent tumani

Yana o‘qing:  Tushkunlik sizni yengmasin

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: