Kulgu-shifo (2013/51)

Yo‘lakda dadasi bilan ketayotgan bolakay o‘qituvchisiga ro‘baro‘ kelibdi. U salom bermasdan beparvo yo‘liga ravona bo‘libdi. Dadasi bu holatdan ajablanib, o‘g‘lidan so‘rabdi:

– O‘g‘lim, nega o‘qituvchingga salom bermading?

Bolakay dadasining ko‘zlariga boqib, debdi:

– Axir, hozir ta’til-ku…

***

O‘g‘il dadasidan so‘radi:

– Dada, nima uchun gorillaning burun teshiklari katta-katta?..

– O‘g‘lim, chunki, uning barmoqlari ham katta-da!!!

***

Bolalar futbol o‘yinida:

– Sen nima qilib qo‘yding? Axir, o‘z darvozangga gol urib qo‘yding-ku?

– O‘zimni tutib turolmadim, zarba berish uchun qulay vaziyat edi-da…

Yana o‘qing:  Jamg‘arma faoliyatidan (2013/50)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: