Hamal kirdi – amal kirdi

Aziz momo olti kun,

Qahri kelsa – yetti kun.

***

Ahman muzi dahmonday bo‘lsa ham, qo‘rqma,

Kuzning muzi ko‘zguday bo‘lsa ham, qo‘rq.

***

Daroyi ola bo‘ldi,

Daryo bir balo bo‘ldi.

***

Yil yaxshi kelsa, arqar ketmas.

***

Yilning yaxshi kelishi bahordan ma’lum.

***

Kun g‘amini sahar ye,

Yil g‘amini bahor ye.

***

Navro‘zdan so‘ng qish bo‘lmas,

Mizondan so‘ng yoz bo‘lmas.

***

Payti kelsa, daraxt gullar.

***

Savr kelsa, muz turmas,

Quda kelsa, qiz turmas.

***

Toqqa yog‘sa, cho‘l obod,

Cho‘lga yog‘sa, el obod.

***

Chilla suvi – tilla suvi.

***

Er tug‘ilsa – elning baxti,

Yomg‘ir yog‘sa – yerning baxti.

***

Qantar ovsa, qalt etar,

Dehqonning ko‘zi yalt etar.

***

Qantar ovsa, qoziqning boshida qor turmas.

***

Qantarda qarg‘a odimiday kun uzayar.

***

Qarg‘a ketmay, qor ketmas,

Turna kelmay, muz ketmas.

***

Hut suviga ho‘kizingni sug‘orma.

Yana o‘qing:  Oltin rangli qamchi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: