Chavandoz

Muqim akani og‘aynilari ko‘pkariga aytib ketishibdi. Qoraqulboy nevarasi Mamarayimga to‘y qilib, ko‘pkari berayotganmish…

Muqim aka To‘lqin deb nom qo‘ygan otini obdon bezadi. Yollarini taradi, gilamdan jobuvlar soldi, suvliqlarining tozasini ishlatdi. Yuganning toza ultondan qilinganini tanladi…

Buni kuzatib turgan Zulayho opa otning manglayiga qatrong‘idan ko‘zmunchoq taqib qo‘ydi…

– Ot ustida qanday odam o‘tirganini, qanday kayfiyatda ekanligini biladi. Shu bois zotdor ot hammani ham mindiravermaydi. Asovlanadi, yiqitib ketadi…

Qozoq do‘stlari sovg‘a qilgan ot Muqim akaning ruhini sezardi. Qo‘liga qamchi olishga majbur qilmasdi… Manzilga ketayotganda jadallardi, qaytayotganda egasining xayol surishiga xalaqit bermaslik uchun bir tekis yurardi. Shuning uchun chavandoz ot minib, olgan hordig‘ini hech joyda chiqarolmasdi…

Ko‘pkari yaxshi bo‘ldi. Ayniqsa qish, chavandozlar terlab ketmaydi. Oyog‘iga nag‘al urilgan, toyib ketmaydi… Muqim aka o‘zicha, ko‘pkari qishning ziynatida, deb qo‘yadi…

Pardaboy TOJIBOYEV

Yana o‘qing:  “Boburnoma” – durdona asar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: