“MEDNUR ShIFO”

Chirchiq shahrida faoliyat boshlagan oilaviy tibbiyot markazi xizmatidan aholi mamnun

Bugun texnika taraqqiyoti, ekologik muammolar, shuningdek, aholi sonining ortib borishi tufayli tibbiy xizmatga bo‘lgan talab va ehtiyoj kundan-kunga ortib bormoqda.

E’tiborlisi, sog‘liqni saqlash sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor natijasida mamlakatimizda yangidan yangi zamonaviy tibbiyot maskanlari, xususiy klinikalar qad rostlab, mutaxassis kadrlar va malakali tibbiyot xodimlarini tayyorlash, tizimga xorijiy tajribalarni qo‘llash borasida qator yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Jumladan, 2018 yil may oyida Chirchiq shahrida o‘z faoliyatini boshlagan “Mednur Shifo” oilaviy tibbiyot markazi ana shunday zamonaviy tibbiy maskanlardan biridir.

Ayni paytda bu yerda 17 nafar oliy ma’lumotli shifokor, 22 nafar o‘rta va kichik tibbiyot xodimlari faoliyat yuritmoqda. Klinikada yurak qon-tomir, asab, disk churrasi, poliartrit, yuqori nafas yo‘li va endokrin kasalliklari samarali davolanmoqda. 20 ta davolash o‘rniga ega markazda kardiolog, nevropatolog, pediatr, travmatolog-ortoped, dermatolog, akusher-ginekolog, lor mutaxassis- shifokorlari, shuningdek, 3 nafar tahliliy tekshiruvlarni amalga oshiradigan laborantlar davo istab kelganlarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.

– Prezidentmiz qaroriga binoan Chirchiq shahar hokimligi tasarrufidagi nol qiymatdagi bo‘sh ob’yektlarga investitsiya kiritish orqali aholiga zamonaviy tibbiy xizmatni yo‘lga qo‘yish maqsadida bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdik, – deydi tibbiy markaz direktori Mirjasur Mirsaidov. – Bugungi kunda xalq salomatligi yo‘lida faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiy klinikamiz Yevropa standartlari darajasida jihozlanib, kasalliklarga to‘g‘ri va aniq tashxis qo‘yishdan tortib, davolash ishlarigacha muvaffaqiyali amalga oshirilmoqda. Klinikamizda xorij davlatlarida malakasini oshirib kelgan fan nomzodlari, malakali mutaxassis-shifokorlar faoliyat olib boradi.

“Mednur Shifo”da exokardiografiya, EEG, EKG, EFGDS, kolonoskopiya, IFA, kalposkopiya, umurtqani cho‘zish kabi tibbiy uskunalar, shuningdek, bioximiyaviy, gormonal va yuqumli kasalliklar uchun olinadigan siydik va qon tahlillari orqali bemorlarga to‘g‘ri va aniq tashxis qo‘yilmoqda. Shuningdek, tabiiy davolash usullaridan fitobar mijoz va bemorlar xizmatida.

Davolash tizimida fiziomuolajalarning keng qo‘llanilishi, UZI, lazeroterapiya, parafin, uqalash, LFK, magnitoterapiya, basseyn, turk hammomi, marvaridli vanna, suv muolajalari, bo‘g‘imli kasalliklar uchun Ozarbayjon naftalan moyi bilan davolash hamda 5 mahal to‘g‘ri ovqatlanish bemorlarning tez va sifatli sog‘ayishlarini ta’minlamoqda.

– Ko‘p yillardan buyon qon bosimi va yurak qon-tomir kasalligi bilan shifoxonalarda davolanaman. Yaqinda ushbu klinika haqida eshitib, bu yerga davolanish uchun keldim. Shart-sharoitlari juda yaxshi. Davolanishning beshinchi kuniyoq o‘zimni yaxshi his etyapman. Ayniqsa, tibbiyot xodimlarining xushmuomala, mehribon va chaqqon ekanligi tahsinga sazovor, – deydi Toshkent shahrida yashovchi Nazira Sharipova.

– Men bu yerga farzand ko‘rish istagida davolanish uchun keldim. Klinikada bemorlarning samrali davolanishlari uchun barcha sharoit va imkoniyatlar muhayyo. Ayniqsa, fiziomuolajalar yaxshi natija beryapti. Biri-biridan shirinso‘z shifokorlarning xizmatidan minnatdormiz, – deydi bemor Dilafro‘z Roziqova.

Yana bir e’tiborli tomoni, oilaviy tibbiy markazda emlash xonasi ham mavjud bo‘lib, bu yerda bolalar gepatit A va B hamda gripp xastaliklariga qarshi emlanadi. Bundan tashqari, 30 km.gacha uzoqlikda yashovchi aholining chaqirig‘iga asosan klinika shifokor-mutaxassislari mutaxassis ko‘rigi va maslahatini berish ishlarni ham amalga oshiradi.

Mijozlarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatib kelayotgan tibbiyot fanlari nomzodi, travmatolog-ortoped Ibrohim Saydaliyev, kardiolog Sanjar Saipov, nevrolog Muqaddas Obidova, nevropatolog Nishona Ismoilova, bosh hamshira Zumrad Hojamqulova, hamshiralar – Fazolat Yo‘ldosheva, Go‘zal  Toshpo‘latovalardan davolanuvchilar minnatdor. Muhimi, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, kasalliklarni oldini olish va davolash yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan jamoa Vatan ravnaqi, el salomatligi va sog‘lom farzandlarni dunyoga keltirishni o‘zlarining bosh maqsadi deb biladilar.

Maryam AHMEDOVA,

Reklama huquqlari asosida

 

Sayyora SALIMBOYEVA,

“Mednur Shifo” oilaviy tibbiy klinikasi bosh shifokori,

akusher-ginekolog:

– Bugungi dolzarb muammolardan biri kelajak avlodning har tomonlama sog‘lom tug‘ilishini ta’minlashdan iborat. Ana shuni e’tiborga olgan holda oilaviy tibbiy markazimizda onalar va bolalarga ham malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi.

Hozirgi kunda xotin-qizlar o‘rtasida xayz buzilishi, bepushtlik, endometrioz, mioma va boshqa ginekologik kasalliklarning ko‘p uchrayotgani kelajak avlodning sog‘lom tug‘ilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, markazda ginekologik kasalliklarni ham davolashni yo‘lga qo‘yganmiz.

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: