Yangi kitob taqdimoti

Xotira eskirmaydi. Tarixni unutib bo‘lmaydi. Uni unutmaslik uchun esa o‘tmishni bilish, bor haqiqati va mohiyati bilan uni anglab, yodda saqlash zarur. Ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi va kelajagi uchun bu nihoyatda muhim.

Bahrom Irzayev tomonidan “O‘zbek yoshlari va xorijiy ta’lim” kitobining nashrga tayyorlanishi zamirida ham ana shunday ezgu maqsad mujassam.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi ko‘magida “AKADEMNASHR” nashriyotida chop etilgan ushbu kitob tariximizning o‘ta murakkab va ziddiyatli davri bo‘lgan mustabid sovet hokimiyati davrida o‘zbek taraqqiyparvar ziyolilarining xalqimizni taraqqiyotga boshlash yo‘lidagi qahramonona kurashi tarixidan hikoya qiladi. Shuningdek, to‘plamdan XX asrning 20-30 yillarida Turkiston taraqqiyparvarlarining “Ko‘mak”, “Nashri maorif” tashkilotlari tomonidan chet ellarga o‘qishga yuborilgan yoshlarning ijod namunalari o‘rin olgan.

Kitobda muallif imkon qadar o‘zini ko‘rsatmaslikka intiladi. Arxiv va matbuot materiallari orqali jarayonning asl manzarasini ochib berish bilan cheklandi. Turli nashrlar sahifalarida chop etilgan maqola va xabarlarni hech bir o‘zgarishsiz, qayta ishlovlar va tushuntirishlarsiz keltiradi. O‘tgan asrda ijod etgan ulug‘ o‘zbek taraqqiyparvarlarining asl maqsad va matlablari bilan tanishtirish, – deb yozadi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Sarvar Otamurodov kitobga yozgan so‘zboshisida.

Yaqinda Milliy matbuot markazida mazkur kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda akademik Naim Karimov, tarix fanlari nomzodi Sotimjon Xolboyev va boshqalar so‘zga chiqib, yoshlarimizning mamlakatimiz tarixini bor haqiqati va mohiyati bilan anglab yetishtirishda bunday kitoblarning ahamiyati katta ekanligini ta’kidlab o‘tishdi. Zero, o‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘qdir.

 

Feruza JALILOVA

Yana o‘qing:  Ekologiya va salomatlik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: