Yangi hayvonot bog‘i ish boshladi

Farg‘onada hayvonot bog‘i ish boshladi. Uch gektardan ziyod maydonni egallagan mazkur maskan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 maydagi “2016–2020 yillar davrida Toshkent hayvonot bog‘ini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida barpo etildi.

Bu yerda turli o‘lkalardan keltirilgan 70 dan ortiq hayvon va antiqa qushlarni ko‘rish mumkin. Hayvonot bog‘i ish boshlashi bilan 60 ga yaqin ish o‘rni tashkil etildi. Yangi xodimlarning aksariyati kollej bitiruvchilaridir.

Mamlakatimizda 700 dan ortiq turdagi umurtqali, ya’ni sut emizuvchi, sudralib yuruvchi jonzotlar, baliqlar, amfibiyalar va 15 mingdan ziyod turdagi umurtqasiz hayvonlar uchraydi. Bu yurtimiz hayvonot dunyosi naqadar boy va xilma-xil ekanidan dalolat. Ushbu noyob tabiiy boyliklarni asrab-avaylash maqsadida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hayvonot bog‘ida tog‘ hayvonlari saqlanadigan bo‘lim ancha keng joyni egallagan. Sher, ayiq, to‘ng‘iz kabi hayvonlar maxsus qafaslarda saqlanadi. Tosh uyumlari ustida sakrab yurgan tog‘ echkisi, Afrika tuyaqushi, lama, maxsus hovuzlarda suzayotgan g‘ozlar, noyob baliqlarni hayrat bilan tomosha qilayotgan bolajonlarning quvonchi cheksiz.

 

U. MAMARASULOV,

Farg‘ona viloyati

Yana o‘qing:  Qog‘oz o‘rnini bosuvchi planshet

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: