Yana bir guruh bolalar Germaniyada davolanadi

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, kam ta’minlangan oilalardagi bemor bolalarni ijtimoiy va tibbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida muhim ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Shu maqsadda, fond tomonidan bemor bolalarni chet el nufuzli klinikalarida davolash uchun maxsus dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, jumladan, 2001–2016 yillar davomida 322 nafar o‘zbekistonlik bemor bolalar terining kuyish asoratlari, tug‘ma qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari nuqsonlari va boshqa tashxislar bilan Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolanib qaytishdi.

Yaqinda fond tomonidan yana shunday xayrli tadbir amalga oshirildi. 16 nafar bemor bola Germaniya klinikalarida davolanish uchun jo‘nab ketdi. Toshkent xalqaro aeroportida kuzatish oldidan an’anaga ko‘ra, “Sog‘lom avlod uchun” fondi vakillari, kichkintoy bemorlarning ota-onalari, yaqinlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mayna HASANOVA

Yana o‘qing:  Andijonda yangi g‘oya va ixtirolar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: