Xorijlik ekspert sabog‘i

Zamonaviy mevali bog‘lar yaratish bo‘yicha dunyoning eng mashxur ekspertlaridan biri o‘zbekistonlik yosh fermerlarga “mahorat darslari”ni o‘tmoqda.

Tadbir Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda O‘zbekiston yosh fermerlari Kengashi hamkorligida respublikamizda bog‘dorchilikka qiziqqan fermer va tomorqa egalari uchun tashkil etdi.

Ushbu darslarni zamonaviy mevali bog‘lar yaratish bo‘yicha dunyoning mashhur ekspertlaridan biri amerikalik Timoti Mitchal hamda o‘zbek eksperti Umid Sayfutdinov o‘tmoqda. O‘zbekiston yosh fermerlari Kengashi raisi S. Qulmirzayevning ta’kidlashicha, bog‘bon va tomorqachilarimizning sohaga oid mahoratini oshirish uchun yil davomida AQSH, Gollandiya, Italiya, Germaniya davlatlaridan qishloq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlarida dunyoga mashhur mutaxassislar ishtirokida “Mahorat darslari” o‘tkazib borilishi rejalashtirilgan.

 

Ilyos SAFAROV,

O‘zbekiston yosh fermerlari Kengashi matbuot kotibi

Yana o‘qing:  YAQIN DO‘ST, YAXShI HAMROH

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: