“Xorazm maqom ijrochilari” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Xorazm maqom san’atining yirik namoyondalaridan biri, mashhur hofiz Xojixon Boltayevni xotirlab uning maqom san’ati sohasidagi xizmatlarini e’tirof qilgan holda milliy san’atimizning noyob durdonalarini targ‘ib etish, yoshlarga yetkazish maqsadida joriy yilning 5-6 iyun kunlari Xonqa tumani “Sarapayon” madaniyat va axoli dam olish markazida “Xorazm maqom ijrochilari” viloyat ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi xabar beradi.

Ko‘rik-tanlovni o‘tkazish oldidan, erta tongda ustoz san’atkorlar, tanlov ishtirokchilari bilan birgalikda mashhur hofiz Xojixon Boltayevni xotirlab uning qabrini ziyorat qildilar, Xonqa tumani markazidagi “Xojixon Boltayev” nomi bilan atalgan bog‘ majmuasida joylashgan uy-muzeyida bo‘lib, u kishining maqom san’atiga qo‘shgan xissalari, xalqqa qilgan xizmatlarini etirof qilib, ustoz bilan davradosh bo‘lgan san’atkorlar xofizni iliq xotiralar ila esga oldilar.

Ko‘rik-tanlovni viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i X.Sapayev ochib berdi. Ustoz san’atkorlar (O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Raxmatjon Qurbonov, Shermat Foyzullayev, Og‘abek Sobirov, O‘rta osiyo maqomchilar ko‘rik-tanlovi g‘olibi Azamat Otajonovlar) hamda bir qator mutaxassisilardan iborat xakamlar xay’ati odilona baholab bordilar.

Ko‘rik-tanlovda 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilardan 39 nafar yakkaxon maqom ijrochilari hamda 12 ta maqom jamoalari qatnashdilar.

 

Yakkaxon ijrochilardan:

1-o‘rinni: Bekchonov Anvar

2-o‘rinni: Yo‘ldoshev Muhammad , Xudayberganov Bektosh

3-o‘rinni: Yusupova Nazira, Alimova Shahlo, Nurullayev Muzaffar

 

Maqom jamoalaridan:

1-o‘rinni: Urganch shahar madaniyat bo‘limining maqomchilar jamoasi

2-o‘rinni: Xorazm maqom jamoasi, Xiva shahar maqomchilar jamoasi

3-o‘rinni: Xonqa tumani maqomchilar jamoasi;

Gurlan tumani maqomchilar jamoasi;

Qo‘shko‘pir tumani maqomchilar jamoasi.

 

Viloyat ko‘rik tanlovida qatnashgan maqom ansambli jamoasi g‘oliblari va yakkaxon honandalar I–II–III–darajali diplomlar va viloyat hokimligi tomonidan qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Taqdirlash marosimida so‘zga chiqqanlar ushbu tanlovning axamiyati katta etganligi, Xorazm, O‘zbek maqom san’ati rivoji yo‘lida shu kabi tadbirlar bardavom bo‘lishini ta’kidladilar.

Yana o‘qing:  Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi – aholi va tibbiyot muassasalari o‘rtasidagi zamonaviy tizim

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: