XAYRIYa AKSIYASI

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining tashabbusi bilan qandli diabet bilan kasallangan bemor bolalar uchun fondning konferensiya zalida xayriya aksiyasi tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Toshkent shahar endokrinologiya dispanseri mutaxassislari ishtirok etdi.

Ko‘p yillar davomida odamlar bu kasallik bilan qanday kurashishni bilmas edilar. “Qandli diabet” tashxisi bemorga nafaqat tuzalib ketishga, balki yashashga ham umid qoldirmasdi. Garchi bu xastalik bugungi kunda ham to‘liq davolanmasa-da, “insulin” moddasi yordamida nazoratda ushlab turish imkoni mavjud. Bu kashfiyot millionlab insonlarning hayotini asrab qolishga zamin hozirlamoqda.

Mazkur xayriya aksiyasi davomida Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 89 nafar “qandli diabet”li bemor bolaga fond yaqin hamkorlaridan hisoblangan Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti tomonidan xastalikni nazorat qila oladigan maxsus uskunalar topshirildi.

N.NORBOBOYEV,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  JAHONGIR ANGLIYADA G‘OLIB BO‘LDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: