Xafaqon bilan og‘rigan bemor, ob-havo “injiqliklari”ga bee’tibor bo‘lmang!

Xafaqon kasalligining asoratlari inson hayotiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Xastalikda asosan qon tomirlar, yurak mushaklari, bosh miya, ko‘z tomirlari va buyrakda o‘zgarishlar ro‘y beradi. Qon tomirlarining torayishi bosimni oshiradi, bu esa o‘z navbatida yurak ishini kuchaytiradi.
Gipertoniya xurujlarini keltirib chiqaruvchi omillar afsuski, mavsum tanlamaydi. Biroq sovuq kunlarda qon tomirlarining torayishi ko‘pincha ob-havo o‘zgarishi bilan izohlanadi. Haroratning keskin pasayishi natijasida et uvishishi, sovuqsirash yuz berib, bu qon tomirlarining torayishini keltirib chiqaradi. Ayniqsa, uzoq vaqt ko‘chada qolib ketsangiz, oyoqdan zax o‘tib, tomirlar faoliyatiga ta’sir etadi. Shu bois qish mavsumida gipertoniklar kamroq sovuq havoda yurishlari maqsadga muvofiqdir.
Xafaqon bilan og‘rigan bemor ob-havo “injiqliklari”ga chap berish uchun zararli odatlardan voz kechishi, osh tuzi, dudlangan, konserva va achchiq yeguliklarni kamroq iste’mol qilishi lozim. Qon bosimini muntazam nazorat qilib turing. Ish faoliyatingizda 10-15 daqiqalik tanaffuslar foydadan xoli emas. Tanaga issiqlik ulashuvchi damlama, issiq qahva yoki kaloriyasi yuqori bo‘lgan sho‘rvalar ham iste’mol qilinmagani ma’qul.

Nodira HAMROYEVA,
oliy toifali shifokor-terapevt

Yana o‘qing:  Qoraqalpog‘istonliklar BIRINCHI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: