Virtual sport o‘yinlari va kiberfutbol federatsiyasi tashkil etildi

Yangi federatsiya O‘zbekistonda virtual sport o‘yinlari va kiberfutbolni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.

28 fevral kuni O‘zbekiston Virtual sport o‘yinlari va kiberfutbol federatsiyasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olindi. Yangi tashkilot mamlakatda sport o‘yinlarini ommalashtirish, musobaqa va chempionatlar tashkil etish bilan shug‘ullanadi, deb xabar qildi UzReport.

Federatsiya faoliyati sayyoraning eng kuchli 32 kiberfutbolisti bellashgan kibersport bo‘yicha Jahon chempionati ESWC (Esports World Convention)da ishtirok etish bilan boshlangan Kiberfutbol assotsiatsiyasi bazasida tashkil etildi.

Assotsiatsiya O‘zbekiston Futbol federatsiyasining rasmiy a’zosiga aylanib, Professional futbol ligasining barcha klublari bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar imzolangan edi. Shunday qilib, O‘zbekistonning 20 ga yaqin futbol jamoalari o‘z tarkibiga kiberfutbolchilarni qo‘shib oldi.

Yana o‘qing:  Skrining tekshiruvlari orqali aniqlab bo‘lmaydigan ortopedik kasalliklar qanday davolanadi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: