Viloyat perinatal markazidagi muammo

Bu holat bo‘yicha parlament so‘roviga yuborilgan javob deputatlarni qoniqtirmadi

Xalq vakillari – deputatlar yil bo‘yi aholi bilan qilgan muloqotlari, tegishli qonun va boshqa huquqiy hujjatlarning joylardagi ijrosini o‘rganish asnosida soha va tarmoqlar faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, odamlarni o‘ylantirayotgan muammolarni bartaraf etishdek mas’uliyat talabi hamda vijdon ishi tufayli mutasaddi idoralarga so‘rov yuboradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri, O‘zbekis­ton Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri tumanlarida sog‘liqni saqlash tizimi holati va aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam sifatini o‘rganish hamda muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhi tarkibidagi parlament quyi palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi a’zolari joriy yilning 6-12 avgust kunlari Qashqadaryo viloyatida o‘rganishlar o‘tkazdi.

O‘rganishlar davomida viloyatda qo‘lga kiritilgan ijobiy natijalar bilan birga, o‘z yechimini kutayotgan muammolar mavjudligi aniqlangan. Xususan, Qarshi shahridagi 200 o‘rinli viloyat perinatal markazi faoliyatida duch kelinayotgan muammo dolzarbligi bilan ahamiyatlidir. 

Shu munosabat bilan, joriy yilning 30 avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga va “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, Sog‘liqni saqlash vaziriga viloyatdagi akusher-ginekologik xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarda homiladorlar ayollar uchun tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash choralarini ko‘rish, shuningdek, Qarshi shahri tug‘ruq bo‘limining viloyat tug‘ruq kompleksiga aylantirilishida vujudga kelgan masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etish, bu muammolarni bartaraf etish borasida olib borilgan ishlar haqida 2018 yil 20 sentyabr kuniga qadar yozma ravishda axborot berish to‘g‘risida parlament so‘rovi yuborilgan edi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan yuborilgan “Qashqadaryo viloyatida homilador ayollarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning holati va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan choralar ko‘rish to‘g‘risida”gi parlament so‘roviga berilgan javob Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi.

Qo‘mitaning fikricha, javobda parlament so‘rovida ko‘tarilgan masalalarni hal etish va tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida yetarlicha asoslar va tushuntirishlar taqdim etilmagan. Jumladan, Qarshi shahrida tashkil qilingan 200 o‘rinli viloyat tug‘ruq kompleksining keyingi faoliyati hal qilinmagan. Ushbu masalani hal etish bo‘yicha viloyat hokimligiga xat yuborish bilan cheklanilgani ko‘rsatilgan. Vaholanki, Moliya vazirligi tomonidan mazkur masalani Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish orqali hal etilishi bildirilgan.

Yana o‘qing:  Maktabgacha ta’lim sohasiga yangi tizim joriy etiladi

Yangi tashkil etilgan muassasaning tegishli qonun hujjatlariga o‘zgartish kiritish orqali maqomini aniqlashtirish choralari hanuzgacha ko‘rilmayotgani taajjubli. Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan “parlament so‘rovi”ga berilgan javob qoniqarsiz deb topilib, ko‘rsatib o‘tilgan masalani qayta ko‘rib chiqish va natijasi haqida joriy yilning 15 oktyabr kuniga qadar qo‘shimcha axborot berish so‘raldi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: