“Vaqf” xayriya jamoat fondiga qancha mablag‘ kelib tushgani ma’lum qilindi

“Vaqf” xayriya jamoat fondi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Fond hisobiga 25 maydan 5 iyun sanasigacha bo‘lgan muddatda 18 049 841 (o‘n sakkiz million qirq to‘qqiz ming sakkiz yuz qirq bir ming) so‘m kelib tushdi. Shundan:

Xayriya uchun: 1 870 997 so‘m;

Zakot, ushr, fitr va fidya uchun: 15 594 914 so‘m;

Vaqf uchun: 583 930 so‘m kelgan.

Fond Payme, Click MBank to‘lov tizimlariga ulangandan keyin kelib tushayotgan mablag‘lar avvalgi kunlarga nisbatan o‘sgan.

Bugundan e’tiboran har kuni kunning so‘ngida “Vaqf” xayriya jamoat fondiga kelib tushgan mablag‘lar haqida hisobot berib boriladi.

Qayd etish kerak, hozirgi vaqtda fondga mablag‘ o‘tkazish uchun poytaxtimizdagi 12 ta masjid va Zangiota majmuasiga infokioskalar o‘rnatilgan bo‘lib, to‘lov tizimlari va banklardan o‘tkazilgani kabi infokioskalar orqali to‘lov qilinganda vositachi o‘rtasida komissiya olinmaydi. Ya’ni, zakot qilgan kishining zakoti shariatda ko‘rsatilgan o‘rniga borgunga qadar bir so‘m ham kamaymaydi.

Eslatib o‘tamiz, “Vaqf” xayriya jamoat fondi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5416-son Farmoni bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib u o‘z oldiga masjidlar va diniy ta’lim muassasalarining binolarini qurish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va o‘quvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash kabi bir qator ishlarni maqsad qilib qo‘ygan.

“Vaqf” xayriya jamoat fondiga pul o‘tkazish usullari:

– Bank hisob raqamlari:

ATIB “Ipoteka-bank” Yunusobod filiali;

MFO: 00837;

STIR: 207276595;

h/r: 20212000000881753002 “Xayriya”;

h/r: 20212000100881753003 “Zakot, fitr, ushr, fidya”;

h/r: 20212000300881753004 “Vaqf”

– Click:

*880*1100# ussd yoki Click Uzbekistan ilovasi va @Clickuz telegram boti orqali;

– Payme va MBank ilovasi orqali;

– Toshkent shahrida quyidagi masjidlardagi infokioskalar orqali:

  1. Hazrati Imom masjidi;
  2. Minor masjidi;
  3. Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi;
  4. Mirza Yusuf masjidi;
  5. Novza masjidi;
  6. Shayx Ziyoviddin masjidi;
  7. Bo‘rijar masjidi;
  8. Abdulloh ibn Mas’ud masjidi;
  9. Katta Qozirabot masjidi;
  10. Imom Buxoriy masjidi;
  11. Rakat masjidi;
  12. Xo‘ja Alambardor masjidi;

Undan tashqari Toshkent viloyatidagi Zangiota majmuasida ham infokioska o‘rnatilgan bo‘lib, ushbu infokioskalar yurtimiz musulmonlariga moliyaviy ibodatlarini bajarishda va xayr-saxovat qilishda ko‘makchi bo‘ladi.

Yana o‘qing:  Maktabda matbuot kuni

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: