“UzTextileExpo – 2019” xalqaro ko‘rgazmasi

Poytaxtimizda Toshkent global to‘qimachilik kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda to‘qimachilik sohasida faoliyat yuritayotgan mahalliy va xorijlik kompaniya vakillari, ishbilarmonu tadbirkorlari o‘z imkoniyatlarini namoyish etadilar.
“UzTextileExpo – 2019” xalqaro to‘qimachilik mahsulotlari va moda industriyasi ko‘rgazmasi «Global Textile Days Tashkent –2019” dasturi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarning yorqin namunasi bo‘lib, ushbu ko‘rgazmada Germaniya, Xitoy, Latviya, Belarus Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Slovakiya, Tojikiston, Turkiya, O‘zbekiston va Ukraina kabi o‘ndan ortiq davlatdan 160 kompaniya ip-kalavadan tortib to tayyor kiyim-kechak va aksessuarlargacha bo‘lgan barcha texnologik yutuqlari va innovatsiyalarini ishtirokchilar e’tiboriga havola etadi.
E’tiborli jihati, ko‘rgazma qatnashchilarining 60 foizini mahalliy ishlab chiqaruvchilar tashkil etadi. Ular orasida mamlakatimiz hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan paxta-to‘qimachilik klasterlari vakillarining ilk ishtirokchilari borligi tahsinga loyiq.
An’anaviy tarzda Iteca Exhibitionsning kuzgi mavsumi boshlanishi to‘qimachilik va tikuv sanoati professionallari uchun UzTextile Expo-mintaqadagi to‘qimachilik va moda sanoatining eng asosiy xalqaro ko‘rgazmasi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Joriy yilda UzTextile Expo 2019 11-13 sentabr kunlari Global Textile Days Tashkent 2019 doirasida o‘tkazilayotgan ko‘rgazma ekspozitsiyasi deyarli ikki barobarga oshdi va MKM “O‘zekspomarkaz”ning uchta pavilonini egalladi.
Bugungi kunda «UzTextile Expo» – eksport geografiyasini kengaytirdi va uzoq muddatli hududiy va o‘zaro mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda yangi imkoniyatlarni ochadigan, sanoatni, shu jumladan, kichik va o‘rta biznes sub’yektlarini rivojlantirish va tarmoqni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish va sotishning turli masalalarini hal qilish borasidagi samarali maydonidir.
Ular orasida yirik bayroqdorlar va ishlab chiqaruvchilar, hamda maxsus Kichik biznes hududida joylashadigan kichik biznes vakillari bor. Bu yil yuqori darajada integratsiyalashgan ishlab chiqarishlar bo‘lmish Buxoro, Andijon va boshqa viloyatlardagi paxta-to‘qimachilik klasterlari vakillari birinchi marotaba ko‘rgazmada ishtirok etadi va o‘z mahsulotlarini namoyish qiladi. Ular o‘zlarining tuzilmalarida yetishtirilgan paxta tolasidan tayyorlangan mahsulotlarini taqdim etadilar.
Turkiya paviloni stendlarida tikuv furniturasi, interyer matolari, kiyim, xonadon to‘qimachiligi va boshqa to‘qimachilik buyumlarini ishlab chiqaruvchilari o‘z mahsulotlarini namoyish qiladilar. Xitoy paviloni doirasida unga keluvchilar sintetik tola, noto‘qima materiallar, amaliy materiallar va furnitura, kiyim va xonadon to‘qimachiligini ishlab chiqaruvchilari bilan uchrashadilar.
O‘zlarining yorqin debyutlari bilan quyidagilar ishtirok etadi: Orshan zig‘irkorlik komibinati (Belarus Respublikasi) – gazlama va zig‘irdan mahsulotlar, Termopol (RF) — sintepon va turli noto‘qima materiallar, Chemosvit Fibrochem a.s. (Slovakiya) – polipropilen iplar, Hohenstein Textile Testing Institute (Germaniya) — sertifikatlashtirish xizmatlari, VOVK (Ukraina) – ayollar kiyimlari va poyafzali.
Ko‘rgazma paviolonlaridan Turkiya to‘qimachilik mahsulotlari alohida o‘rin egallagan. Masalan, ularda tikuv furniturasi, interyer matolari, kiyim, xonadon to‘qimachiligi va boshqa to‘qimachilik buyumlari joy olsa, xitoylik ishbilarmonlar esa ishtirokchilarni sintetik tola, noto‘qima materiallar, amaliy materiallar va furnitura, kiyim va xonadon to‘qimachiligi yutuqlari bilan hayratda qoldiradi.
Bundan tashqari, Belarus Respublikasining Orshanzig‘irkorlik komibinati gazlama va zig‘irdan mahsulotlari, Rossiya Federatsiyasining “Termopol” korxonasi sintepon va turli noto‘qima materiallari, Slovakiyaning Chemosvit Fibrochem a.s. polipropilen iplari, Germaniyaning Hohenstein Textile Testing Institute sertifikatlashtirish xizmatlari, Ukrainaning VOVK ayollar kiyimlari va poyafzallari ko‘rgazmaning yorqin debyutlaridir.
— STAMPA tekstil fabrikasineng direktopi o‘rinbossapi ishtirokchi sifatida shunday deydi: Mazkur xalqaro ko‘rgazmaning ahamiyatli jihati shundaki, u sanoat ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha respublikada ikkinchi o‘rinni band etib turgan mamlakatimiz yetakchi sanoatidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish va Markaziy Osiyoning eng yirik tovar bozorida turli xildagi to‘qimachilik va tekstil mahsulotlari iste’molchilarini topishga keng yo‘l ochmoqda. Bugungi kunda “Uztextile” brendi ostidagi to‘qimachilik mahsulotlari Auchan, O‘stin, Zolla, Koton, LCWaikiki, Modis, C&A, WalMart, Quelle,Primark kabi jahonga mashhur ko‘plab nomlarning savdo tarmoqlarida sotilmoqda.
Demak, ushbu nufuzli xalqaro ko‘rgazma chakana savdo shoxobchalari, internet-do‘konlar, xonadon buyumlar do‘konlari, interyer salonlar uchun kiyimlar, xonadon va interyer to‘qimachiligi va interyerni bezash uchun materiallarni yetkazib beruvchilari bazasini kengaytirish, fabrikalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri manfaatli shartnomalarni tuzish, shu bilan birga, hamkorlarning yangi to‘plamlari bilan tanishishga imkoniyat yaratadi.
Ushbu ko‘rgazma doirasida mehmon va ishtirok infraturlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Yana o‘qing:  BADIIY GIMNASTIKA BELLASHUVI

Amal Soliyeva,
Maryam Axmedova.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: